O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi / Kadrlar bilan ishlash bo'yicha bosh mutaxassis
Buxoro shahri, A.Navoiy ko'chasi 10-uy. Buxoro shahri "Yoshlar markazi", Murojaat uchun: +998 65 221 30 43
Ish haqida:
Malakaviy talablar
- Ustuvor ravishda oliy ma’lumotli, istisno tariqasida o'rta-maxsus ma’lumotiga ega bo'lishi; - kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo'lishi; - yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qo‘llash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. - tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va tizimli fikrlay olish qobiliyatlariga ega boʻlishi; - mehnat qonunchiligi va davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun hujjatlaridan xabardor bo'lishi; - Windows amallari, kompyuter dasturlari bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga hamda zamonaviy raqamli vositalarni ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Lavozimiy majburiyatlari
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish; Agentlik Nizomi va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish; ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish; ish tartibi, ichki mehnat intizomi, lavozim yo‘riqnomasi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish; jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish; ijro intizomiga rioya qilish; Nizomda, lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek Agentlikning ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, rahbariyat ko‘rsatmalari va topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq bajarilishini ta’minlash.
Ish sharoitlari
Ish kunlari: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: soat 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari shanba, yakshanba
Mutaxassisligi
talab etilmaydi