Tashkilot/Korxona haqida
Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti) — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Unda 11 fakultet (Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Tarix va yuridik, Axborot texnologiyalari, Agranomiya va biotexnologiya, Xorijiy tillar, Sanʼatshunoslik, Filologiya, Tabiiy fanlar, Pedagogik taʼlim, Jismoniy madaniyat), bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ta ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi bilan), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, oʻlka zoologiyasi, arxeologiyaetn. muzeylari, oʻquvsport, sport harbiy tayyorlov, sport sogʻlomlashtirish majmualari, maʼrifiymadaniy ishlar klubi bor (2001). Unda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001-oʻquv yili untda 5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akad., 28 ta fan doktori va professor, 272 ta fan nomzodi va dotsent ishladi. Untda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil topganidan buyon universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlab chiqargan
Rasmlar
Mavjud ish o'rinlari
-
-
Buxoro davlat universiteti vakant lavozim/ Ingliz adabitshunosligi
None Muhammad Iqbol ko'chasi 11-uy
-