
BuxDUda "KARYERA KUNI-2025" mehnat yarmarkasi tashkil etildi
Bugungi globallashuv davrida taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab intilayotgan har bir davlat oldida yoshlarning qalbi va ongini yot gʻoyalardan asrashdek muhim vazifalar koʻndalang boʻlib turibdi.
BuxDUda "KARYERA KUNI-2025" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Bugungi globallashuv davrida taraqqiyotning yuksak marralarini koʻzlab intilayotgan har bir davlat oldida yoshlarning qalbi va ongini yot gʻoyalardan asrashdek muhim vazifalar koʻndalang boʻlib turibdi. Bunga erishish uchun, avvalo, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish lozim. Jumladan, bu masala mamlakatimiz uchun ham dolzarbdir. Davlatimiz rahbarining 61-son Qarori negizida Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti bitiruvchi-talabalari uchun o‘quv binosida viloyatda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ega korxona, tashkilot va muassasalardan iborat “KARYERA KUNI-2025” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Sh.Yavmutov ochib berar ekan, aholini ish bilan ta’minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo‘lib, u mehnat masalalari bilan bog‘liq muammolarni hamda mehnatga bo‘lgan taklif va talablarni qondirish yo‘llarini ochib berishi, shuning uchun bugungi kunda yoshlarni bandligini taminlash maqsadida mamlakatimiz bir necha investitsion loyihalarni amalga oshirayotganligini ta’kidladi.
Navbatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida”gi 114-son buyrug‘i, shuningdek, “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha Buxoro viloyat komissiyasining 2025-yil 18-martdagi №6/155-son yig‘ilishi bayoni asosida yoshlar biznesini qo‘llab-quvvatlash, ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida “Kelajakka qadam” markazi mas’ul xodimi Axmadov Asadbek Anvarovich Dastur doirasida bitiruvchilar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar, talabalarni kasbga tayyorlash va ularning kasbiy amaliyot (stajirovka) o‘tash xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilayotgan kreditlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
BuxDU Marketing va karyera bo'limi hamda fakultet hamkorligida o‘tkazilgan yarmarka davomida bitiruvchilar e’tiboriga viloyatda faoliyat ko'rsatib kelayotgan 20 dan ortiq davlat hamda nodavlat tashkilotlari 100 ga yaqin vakant ish o‘rinlarini taqdim etishdi. Jumladan, Kogon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Kogon tuman Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Kogon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat korxonasi, Kogon tuman Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi, Kogon tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Kogon tuman tibbiyot birlashmasi, Kogon tuman “Mirteks mato” MCHJ, Kogon tuman “Liya Tekstil” MCHJ, Kogon tuman kasb-hunar maktabi, Kogon tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Kogon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, “Felicita” o‘quv markazi, “Kamalak Shabnam Teks” MCHJ, “Ipak yo‘li” bankining Buxoro filiali, AT “Aloqabank” Buxoro HKXKM, Buxoro shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi, “Bukhara Construction Joint” MCHJ, “Marosim Travel” MCHJ, “Zahratun” MCHJ kabi tashkilotlardan mas’ullar vakant ish o‘rinlariga qiziqish bildirgan bitiruvchilar bilan suhbat olib borishdi. Suhbat jarayonida 12 nafar bitiruvchining 3-tomonlama shartnomasi imzolanishiga erishildi.
Marketing va karyera bo'limi mutaxassisi Sevara Haytmatova