Muvaffaqiyatli karyera uçun muhim tavsiyalar
Işingizdan könglingiz tölişi kerak
Köpçilik odamlar tomonidan yöl qöyiladigan xato — işdagi maqsadlarga erişiş uçun vosita. Yillar ötib keragidan ortiq pulingiz bor bölişi, lekin ortga nazar taşlab, umringiz faqat moddiyat uçun sarflanganini biliş oğir. Moddiyat asosiy rollardan birini öynaşini, işini sevsa ham ehtiyojlarni qoplamaydigan maoşga indamay işlab yuriş kerak bölmagani bilan, jamoa va iş jarayoni sizning hayotingizning bir qismi ekanini ham unutmaslik kerak. Iş bor joyda muammo va kamçiliklar bölib turişi tabiiy, lekin siz öz sohangiz va faoliyat turingizni sevsangiz, ular bilan öralaşişni emas, yeçim topişga diqqatingizni qaratasiz.
Balansda böliş
2017-yilda germaniyalik hamda amerikalik tadqiqotçilar işidan ma’no va rohat qidiradigan insonlar örtasida sörovnoma ötkazgan. Tadqiqot natijasiga köra, işidan ma’no qidiradiganlar ikkinçi guruh kişilariga nisbatan karyera qilişga köproq qiziqişi ma’lum bölgan. Aslida esa faoliyat davomida balansni topa biliş kerak. Işga bölgan qiziqiş, xursandçilik va rohatlanişni his eta biliş juda muhim.
Sizga nima kerakligini özingizdan boşqa heç kim bilmaydi
Karyera qiliş bir-biridan farq qilişi mumkin. Kimdir bir joyda uzoq vaqt işlaşni, kimdir qisqa fursatda iş joyini özgartirib turişni, yana kimdir bölsa, oldindan ma’lum işga erişiş uçun boşqasi orqali kötarilişni ma’qul biladi. Qaysi yölni tanlaş — bu sizning xohişingiz, faqat qayerda va qaçon işlaşingizdan qat’i nazar işingizni sevib bajaring. Bunda ikki tomonga foyda — sevimli iş bilan şuğullanib siz baxtiyorlikni, rahbariyat esa sizdek salohiyatli xodimi borligidan mamnuniyatni his qiladi.
Me’yorni biliş
Işni yaxşi körgan yaxşi, lekin butun hayotni iş bilan ötkaziş ham yaramaydi. Sohangizning ustasi böling, yuklatilgan vazifani qoyillating, lekin işni şaxsiy hayot bilan qoriştirib yubormang. Vaqtida salohiyatingizga yetarli baho berişni, salomatligingiz va yaqinlaringizga vaqt ajratişni, dam oliş va asosiysi, köngildagidek yaşaşni unutmang.