1-toifali muhbir 0,5 / 1-toifali muhbir 0,5
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | "Xabar" axborot-tahlil dasturlari bosh muharririyati |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 0.5 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Jurnalistika, filologiya, media va kommunikatsiyalar yoki tegishli gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasi. |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-21 |
📋 Talablar
Oliy ma’lumot: Jurnalistika, filologiya, media va kommunikatsiyalar yoki tegishli gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr darajasi.
Ish staji: Jurnalistika sohasida (televideniye, radio yoki bosma/elektron ommaviy axborot vositalarida) kamida 1–3-yillik amaliy ish tajribasi (1-toifali muxbir malakasiga ega bo‘lish uchun).
📌 Vazifalar
1. Axborot to‘plash va syujetlar tayyorlash
Reportaj va syujetlar tayyorlash: Mamlakatda va jahonda sodir bo‘layotgan muhim voqealar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar yuzasidan tezkor va sifatli lavhalar, reportajlar hamda axborot syujetlarini tayyorlash.
Mavzularni izlash: O‘z yo‘nalishi bo‘yicha dolzarb mavzular, yangi g‘oyalar va muammoli masalalarni aniqlash, ularni yoritish bo‘yicha bosh muharririyatga takliflar berish.
Ma’lumotlarni tekshirish: To‘plangan axborot va faktlarning haqqoniyligini, xolisligini hamda qonunchilikka muvofiqligini tekshirish.
2. Intervyu va yozish jarayonlari
Intervyu va so‘rovlar o‘tkazish: Davlat organlari vakillari, mutaxassislar, ekspertlar va fuqarolar bilan suhbatlar, intervyular uyushtirish.
Matn yozish: Syujet va lavhalar uchun efir talablariga mos, qisqa, lo‘nda va ravon matnlar (ssenariylar) tayyorlash.
Ovoz berish (ozvuchka): O‘zi tayyorlagan materiallar yoki boshqa zarur syujetlar uchun matnlarni kadr ortida ovozlashtirish.
3. Tashkiliy va ijodiy vazifalar
Tezkorlik va dedlaynga amal qilish: Belgilangan muddatlarda (dedlayn) materiallarni sifatli tayyorlab, muharrir yoki rejissyorga topshirish.
Tadbirlarda ishtirok etish: Rasmiy yig‘ilishlar, matbuot anjumanlari, forumlar va boshqa ommaviy tadbirlarda tahririyat nomidan qatnashib, tezkor xabarlar tayyorlash.
Arxiv va hamkorlik: Tayyorlangan materiallar arxivini yuritish, montaj jarayonida rejissyor va operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qilish.
🕐 Ish sharoitlari
9.00-13.00