#
Aktiv
#

19-hudud (Movoraunnaxr MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim / 19-hudud (Movoraunnaxr MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Mirobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Quyidagi yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: ta’lim barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, bundan jismoniy madaniyat, texnologik ta’lim, chaqiriqqacha harbiy ta’lim mustasno. Gumanitar fanlar (tillardan tashqari) barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Tillar barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Jurnalistika va axborot barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Biznes va boshqaruv barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Huquq barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Sog‘liqni saqlash barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Ijtimoiy ta’minot barcha bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari. Gigiyena va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi yo‘nalishining hayot faoliyati xavfsizligi kodidagi mutaxassislar. Xavfsizlik xizmati yo‘nalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash (psixolog) mutaxassislar.
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-21

📋 Talablar

Oliy (bakalavr) ma’lumotga ega bo‘lishi lozim, bundan ijtimoiy ish, tibbiy-ijtimoiy ish (tibbiy-ijtimoiy xodim (40920102)), ijtimoiy muhofaza (pensiya jamg‘armasi inspektori, ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish inspektori) (40410701), davlat-huquqiy faoliyat (50420101), yuridik xizmat (50420102), sud-huquqiy faoliyat (50420103) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega nomzodlar, mustasno. Bunda: oliy (bakalavr) ma’lumotli shaxslar o‘rta-maxsus ma’lumotga ega nomzodlarga nisbatan; ijtimoiy ish va psixologiya yo‘nalishida ta’lim olgan, shuningdek, oliy ma’lumot ega bo‘lib xalqaro tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ish bo‘yicha tashkil etilgan treninglardan o‘tgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli nomzodlarga nisbatan; magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga oliy (bakalavr) ma’lumotli va o‘rta-maxsus ma’lumotli nomzodlarga nisbatan ustuvorlik beriladi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi. Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi; - soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.

📌 Vazifalar

– aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazariy yondashuvlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish; – vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish).

🕐 Ish sharoitlari

5 kunlik ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None