#
Aktiv
#

Akusher genekolog shifokori / Akusher genekolog shifokori

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 19.05.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Oila shifokori
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 0.5 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy (Bakalavr)
🏷️ Yo'nalish / surcharge akusherlik va ginekologiya, Davolash ishi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-05-05

📋 Talablar

1.Ginekolog vrachi lavozimiga tibbiyot institutini «davolash ishi» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslashtirish o‘tganligi haqida muvofiqlashtiruvchi guvohnoma olgan va malaka oshirgan vrach tayinlanadi.
2.Ginekolog vrachi qonunga asosan ishga qabul qilinishi va ishdan bo‘shatilishi bosh vrach tomonidan amalga oshiriladi.
3.Ginekolog vrachi bosh vrach, bosh vrach o‘rinbosari va bo‘lim mudiriga bo‘ysinadi.
4.Ginekolog vrachi o‘z ish faoliyatida va ishini tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, SSV va yuqori tashkilotlardan tushgan Nizom, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, uslubiy qo‘llanmalar va bosh vrach buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ishlaydi.

📌 Vazifalar

1.Ginekolog vrachi lavozimida faoliyat yuritgan xolda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Vrachlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7.Biriktirilgan aholiga, alohida bemorlarga, shuningdek butun oila a’zolariga ham, ularning sog‘lig‘ini himoya qilish, profilaktika va tez-tez uchraydigan kasalliklarni davolash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
8. Bemorlarni ixtisoslashgan tibbiy muassasalarga maslahat uchun va yotqizib davolash uchun o‘z vaqtida yuborish.
9. Xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi aholiga, standartlarga muvofiq va mavjud jihoz va uskunalardan kelib chiqib, shifoxonagacha bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatish.
10. Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish (oqilona ovqatlanishni maslahat berish, kashandalikka, ichkilikbozlikka qarshi kurash, jismoniy tarbiy va sport bilan shug‘ullanishning afzalliklari).
11. Sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuini tashkil etish va o‘tkazish.
12. Homiladorlarning muntazam nazoratini tashkil etish, xonadonlarida ularning patronajini amalga oshirish, zarur xolatlarda kechikmasdan ularni mutaxassislarga yo‘naltirish, har bir homiladorning tug‘ishi uchun tug‘ruqdan oldin DPM (davolash profilaktika muassasasi)ni to‘g‘ri tanlash, tug‘ruqdan keyingi kuzatuv va tug‘ruqdan keyingi davrning fiziologik jarayoni tugagach hisobdan chiqarish, tug‘ma nuqsonlar va nasliy kasalliklar sonini kamaytirish.
13. Sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish bo‘yicha tadbirlar majmuini tashkil etish va amalga oshrish, shu jumladan:
-o‘sayotgan avlodni sog‘lomlashtirish;
-onalar va bolalar salomatligi muhofazasi;
-istalmagan homiladorlikni oldini olish, oilaviy hayotning etikasi, psixologiyasi, gigienasi, ijtimoiy va boshqa masalalar;
-ko‘krak suti bilan boqish;-to‘g‘ri ovqatlanish;-sanitariya va gigena asoslari.
14. Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktika hamda maqsadli tibbiy ko‘riklarni (bolalar, o‘smirlar, surunkali kasalligi mavjud bemorlar) dispanserizatsiyasini tashkil etish va amalga oshirish.
15. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga (sil, teri-tanosil kasalliklari, xavfli o‘smalar, OIV infeksiyasi) qarshi kurash bo‘yicha davolash – profilaktika tadbirlarini o‘tkazish.
17. Aholining kasallanishlari sababini o‘rganish, kasallanishlarni kamaytirish kamaytirish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish.
18. Tibbiy hizmatlarning sifat va samarasini oshirish
19. Vaqtinchalik ishga layoqatsizlik holatlari ekspertizasini belgilangan tartibda o‘tkazish; Sog‘liqni saqlash vazirligining yo‘riqnomasiga muvofiq salomatligi va ish layoqati holati ekspertizasini amalga oshirish uchun kasallarni VMK va VMEKga yo‘naltirish.
20. Tasdiqlangan hisob va hisobot xujjatlarini sifatli va o‘z vaqtida yuritish.
21. Mavjud tibbiy uskunalar, jihozlar va mulkning butligini hamda samarali ishlatilishini ta’minlash.
22. Tug‘ruq muassasasi, ayollar maslahatxonasi bilan doimiy aloqani o‘rnatish
23. Bolalar va usmir kizlarni poliklinikada qabul qilish, ularning jismoniy va asab-ruhiy rivojlanishini baholash, to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, profilaklik tadbirlarini tayinlash.
24. Bolalar va usmir kizlarni boshqa ixtisosli vrachlar maslahatiga va zarur laboratoriya tekshiruvlariga yuborish.
25.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
26.Ginekolog vrachi har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish;

🕐 Ish sharoitlari

grafik asosida

Google xarita

None