Arxitektura va qurilish sohasi bo'yicha bosh mutaxassis / Arxitektura va qurilish sohasi bo'yicha bosh mutaxassis
Sariosiyo tumani, Abdulla Qahhor ko‘chasi 1-uy, 191001, tel.: 76-48-7-64-62, faks: 76-48-7-66-66, sariosiyo.t@exat.uz
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi |
| 💰 Maosh | 7 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-22 |
📋 Talablar
Oliy, Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim, Arxitektura, quruvchi-muhandis va sohaga to‘g‘ri keluvchi yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga, mutaxassislikka oid bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi, 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi, Davlat tilini bilishi lozim
Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, dasturlarga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish tajribasi, malakasini oshirib borishi
📌 Vazifalar
Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda rus tilidagi hujjatlar bilan ish yurita oladigan, rus va ingliz tillarda suhbatlashish va yozish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi.
Davlat hokimiyati organlari, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda kamida 3 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.
Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Hujjatlar bilan ishlashda jarayonida imloviy va lug‘aviy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lib qolgan taqdirda xorijiy tilni bilish darajasi belgilangan IELTS, TOEFL, IBT, CEFR kabi sertifikatlarning darajasiga qarab yuqori darajaga ega bo‘lgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi.
Word, Excel, PowerPoint, Access kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi. Test sinovi savollari tarkibidagi AKT yo‘nalishi vazni tashkilot tomonidan belgilanadi.
1. Arxitektura va qurilish faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda, hududning an’anaviyligiga e’tibor berib, zamonaviy arxitektura va shaharsozlik talablarini va texnologiyalarni hisobga olgan holda hududni rivojlantirish, hududni rejalashtirish tarxlari hamda shaharni rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va o‘z hududiga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, ularning ma’qullanishini va ekspertizadan o‘tkazilishini hamda tasdiqlanishini tashkil etish qobiliyatiga ega bo‘lishi
3. Aholi bilan muomala madaniyatiga ega bo‘lishi, portallar bilan ishlash va yo‘nalishga aloqador tizimiga oid elektron tizimiga ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish va yangilash salohiyatiga ega bo‘lishi.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma soat 08:00 dan - 17:00 gacha