"Bog`bon" mahalladagi хotin-qizlar faoli / Bog`bon
Toshkent viloyati, Chinoz tumani
4 200 000.00 / Oylik
Tugash sanasi:
Mavjud emas
Ish haqida:
Google xarita
Oliy ma'lumotga ega bo'lishi kerak (istisno tariqasida Oila va xotin qizlar hamda mahalla tizimida 5 yillik stajga ega bo'lgan o'rta-maxsus ma'lumotga egaligi); Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi; Oilali bo'lishi; Kompyuter va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo'nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo'lishi; Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo'lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; Fuqarolarga yordam ko'rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat'iy amal qilishi va manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymasligi; Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lishi; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko'rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo'lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; Ta'lim muassasalarida o'quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta'sirchan usullarda tashkil eta olishi; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo'l-yo'riqlarini bilishi va ularni o'z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo'lishi;.