#
Aktiv
#

Bo‘lim boshlig‘i / Bo‘lim boshlig‘i

Фарғона вилояти Фарғона шаҳар Бобур кўчаси 4-уй

4 300 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 22.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi O'zbekiston tumani bo'limi
💰 Maosh 4 300 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy (Bakalavr)
🏷️ Yo'nalish / surcharge Geodeziya kartografiya va kadastr, Yer tuzish yer kadastri
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-18

📋 Talablar

• Soha bo‘yicha 5 yil ish stajiga hamda geodeziya, kartografiya va kadastr va yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
• Kompyuter va axborot texnikalari bilan mukammal ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
• Davlat tilini mukammal darajada bilishi (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi);
• Shaxsiy xususiyatlar: xushmuomalalik, vazminlik, vijdonlilik, kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi;
• Odob-ahloq normalariga rioya etishi;

📌 Vazifalar

Jismoniy va yuridik shaxslarning yer qonunchiligi va davlat kadastrlarini yuritish sohasida huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, yer va kadastr nazoratiga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarishni tashkil qilish va ta’minlash;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlashga va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yer nazoratini amalga oshirilishin tashkil qilish va ta’minlash;
yer qonunchiligi va davlat kadastrlarini yuritish tartibini buzishga oid huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan ularning sodir etilishi sabablarini aniqlaydi va bartaraf etadi;
yerlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishini aniqlash ishlarini tashkil qiladi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yer toifasidan qat’iy nazar barcha turdagi yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlash ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi;
yer uchastkasi chegaralarini (chegara nuqtalarini) o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
aerokosmik suratlar va uchuvchisiz uchish aparatlaridan foydalangan holda yerlarni masofadan turib zondlashni, shuningdek geodezik o‘lchov uskunalari yordamida yerlarni o‘rganishni tashkil etadi va amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan yer uchastkalarini egallab olish hamda noqonuniy qurilmalarni aniqlash holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda – “Ye-YER NAZORAT” ATT) orqali tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etadi hamda ushbu holatlarni bartaraf etishni nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqilishini tashkil qiladi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
yer nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Ichki ishlar organlariga dasturiy ta’minot orqali tegishli ma’lumotlarni belgilangan tartibda kiritib borilishini ta’minlaydi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash va yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan tuman (shahar) bo‘limlarining hisobotlarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik holatlarini aniqlaydi;
Davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan davlat kadastrlarini yuritish tartiblariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshirig‘iga (taqdimnomasiga) hamda jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning ishonchli vakillarining murojaatlariga muvofiq kadastr muhandislari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yig‘majildi (pasporti) belgilangan tartibda shakllantirilishi va rasmiylashtirilishi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi;
vakolat doirasida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan Ichki ishlar organlariga dasturiy ta’minot orqali tegishli ma’lumotlarni kiritib borilishini tashkil etadi va ta’minlaydi;

🕐 Ish sharoitlari

Ish kuni: Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma junlari. Dam olish kunlari shanba va yakshanba

Google xarita

None