Bo'lim boshlig'i / Bo'lim boshlig'i
Toshkent viloyati Nurafshon shahar Toshkent yo'li ko'chasi 90-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Урбанизация, уй-жой ва мастер планларни ишлаб чиқиш, инвестиция, ДХШ, ижтимоий ва ишлаб чиқариш дастурларини шаклллантириш, давлат дастурларини ва махсус жамғармалар фаолиятини молиялаштириш ва мониторинг қилиш бўлими |
| 💰 Maosh | 5 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Moliya yoki Iqtisod sohasi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-03 |
📋 Talablar
Boʻlim boshligʻi lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi.
Boʻlim boshligʻi mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart.
📌 Vazifalar
Boʻlim boshligʻining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishini tashkillashtirish, Boʻlim xodimlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini nazorat qilish;
urbanizatsiya, uy-joy va master planlarni ishlab chiqish, investitsiya, DXSH loyihalari yoʻnalishida:
“urbanizatsiyani 2040-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasiga takliflar ishlab chiqish hamda konsepsiyada belgilangan vazifa va topshiriqlarning samarali ijrosini taʼminlash;
maʼnan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar renovatsiyasi dasturi loyihasiga takliflarni shakllantirish va dastur ijrosi boʻyicha tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish;
yangi Oʻzbekiston” va uy-joyga talabi yuqori boʻlgan boshqa hududlarda uy-joy massivlarini barpo etish boʻyicha yillik dasturlar loyihalari yuzasidan dastlabki takliflarni manfaatdor hududiy idora va tashkilotlardan qabul qilib olish, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ishlarni tashkil qilish;
uy-joy qurilishi va ipoteka bozori boʻyicha dasturlar ijrosi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar va jadvallarni jamlash, holat ijrosi yuzasidan viloyat hokimligiga va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga axborot kiritib borish;
ipoteka kreditlari boʻyicha davlat budjetidan subsidiyalar ajratishning parametrlari va ijrosi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni tayyorlash va hisobini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
tuman (shahar)larda subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
kelib tushgan arizalar va berilgan subsidiya xabarnomalarini hisobini yuritish hamda ushbu masala boʻyicha fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish hamda aholiga tushuntirish ishlarini olib borish;
ajratilgan subsidiya xabarnomalari va ulardan samarali foydalanish boʻyicha monitoring olib borish, talabgorlarga hududda birlamchi bozorda qurilgan (qurilayotgan) uy-joylar topish masalasida koʻmaklashish;
uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari va subsidiyalar boʻyicha tahliliy maʼlumotlar jamlash va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etish;
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha