Bo'lim boshlig'i / Bo'lim boshlig'i
1
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Бошқарув бўлими |
| 💰 Maosh | 4 385 840 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Sanitariya va epidemiologiya |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-30 |
📋 Talablar
Tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi (keyingi o'rinlarda Sanepidbo'limi deb yuritiladi) boshlig'i lavozimiga tibbiyot oliy o‘quv yurtini sanitariya-gigiena ixtisosligi bo‘yicha tugatgan, 5 yildan ortiq sanitariya-gigiena, epidemiologiya masalasida, tashkiliy ishlarda tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis
📌 Vazifalar
Tuman (shahar) Sanepidbo‘limi faoliyati ustidan boshqaruv, material-texnik baza ta’minotini rivojlantirishda rahbarlik qiladi. Tuman (shahar) Sanepidbo‘limi faoliyatini tasdiqlangan yillik reja asosida olib boradi. Idoralar, korxonalar, tashkiiotlar, birlashmalar qaysi idoraga bo‘ysinishdan qat’iy nazar va alohida shaxslar tomonidan sanitariya normalari, qoidalari va gigienik normativlarga rioya etishlari ustidan ogoxlantiruvchi va joriy davlat sanitariya nazorati, sanitariya-gigienik, profilaktik va epidemiyaga qarshi hamda dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya chora-tadbirlarini olib borishini boshqaradi. Sanitariya, bakteriologiya, parazitologiya yo‘nalishlarida tajriba tekshirishlarning o‘tkazishini tashkillashtiradi. Tuman (shahar) epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasiga, tuman (shahar) tibbiy va sanitariya-epidemiologiya kengashlariga muxokama qilish uchun ma’lumotlarni tayyorlashda va qabul qilingan qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qiladi
🕐 Ish sharoitlari
5 kunlik