bo'lim boshlig'i / bo'lim boshlig'i
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Boshqaruv xodimlar |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | iqtisodiyot, moliya,yurisprudensiya, ijtimoiy-iqtisodiy |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-05-13 |
📋 Talablar
Tuman bo'lim boshlig'i lavozimiga oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot,
moliya, yurisprudensiya, ijtimoiy-iqtisodiy soha bo‘yicha kamida uch yillik
boshqaruv va mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar
tayinlanishi mumkin.
Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan
taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Tuman bo‘limi boshliqlari davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilishi
bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik
beriladi) lozim.
Tuman bo‘limi boshliqlari Boshqarma bilan kelishilgan holda tuman
hokimligi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
📌 Vazifalar
Tuman bo'limi boshlig'i quydagi majburiyatlarni bajaradi:
O‘z lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
O‘zi va bo‘lim xodimlarining faoliyatini samara va natijadorlikka
yo‘naltirish, kasbiy bilim va malakasini oshirish ustida doimiy ishlash
Vazirlik va Boshqarma rahbariyatining topshiriqlarini belgilangan
muddatlarda va sifatli bajarish;
Lavozimiga ko‘ra biriktirilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha normativ
huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va O‘zlashtirish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Tuman bo‘limining ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Qo‘l ostidagi xodimlariga ish yuzasidan nazariy va amaliy yordam
berish;
Tuman bo‘limiga murojaat qilgan band bo‘lmaganlar, ish beruvchilar
va boshqa fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda bo‘lish, ularning so‘rov
va talablarini asossiz rad etishga yo‘l qo‘ymaslik;
Korrupsiya ko‘rinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat
manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qo‘llab-quvvatlanishiga imkon
bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini
oshirib borish choralarini ko‘rish;
Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli bo‘lgan
boshqa cheklangan ma’lumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan g‘arazli
va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Tuman bo‘limi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlarni sir
saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va bo‘limga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash;
Hisobot va axborotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli
tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga tegishligi bo‘yicha berilishini ta’minlash;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,
murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berilishini ta’minlash.
Lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar
va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi
asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish;
Tuman bo‘limi boshliqlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma kunlari 9-00dan 18-00 gacha