Bo'lim boshlig'i / Bo'lim boshlig'i
Mo‘ynoq tumani Ajiniyaz ko‘chasi 270-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Boshqaruv hodimlari |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Talab qilinmaydi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-21 |
📋 Talablar
Oliy ma’lumotli; mutaxassislik talab etilmaydi, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, soha bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim, 35 (o‘ttiz besh) yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyiligi, sadoqati va vatanparvarligi bilan namuna ko‘rsatgan holda o‘z ortidan ergashtira oladigan shaxslar; axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan shaxslar.
(Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo‘nalganligi, qobiliyati, zaxira kadrlarga ustuvorlik beriladi), davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi), odob-axloq normalariga rioya etadigan, davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi,
MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi, ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi.
📌 Vazifalar
Mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish, nizom va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish, ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish; ish tartibi, ichki mehnat intizomi, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish, jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish, ijro intizomiga rioya qilish, Nizomda, lavozim yo‘riqnomasida o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar va majburiyatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlardan qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanilishi, shuningdek ichki me’yoriy hujjatlari talablari, qarorlari, buyruqlari, rahbariyat ko‘rsatmalari va topshiriqlarini to‘g‘ri va aniq bajarilishini ta’minlash; vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish bo‘yicha qaror qabul qiladi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bo‘yicha shaxsan javobgarlikni o‘z zimmasiga olish; soha bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, internet, hisoblash texnikasidan foydalanishni va maxsus kompyuter dasturlari bilan ishlash qoidalarini, axborot xavfsizligi siyosatini, ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi himoya qoidalari va me’yorlarini bilish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18: 00 gacha