Bo‘lim boshlig‘ining hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari / Bo‘lim boshlig‘ining hududlarni kompleks iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Rahbariyat |
| 💰 Maosh | 3 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | |
| ⏳ Ish tajribasi | 4 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-04 |
📋 Talablar
1. Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha oliy maʼlumotga ega hamda ushbu yoʻnalishlarda kamida 4 (toʻrt) yillik ish stajiga ega, shundan 1 (bir) yili rahbarlik lavozimida ishlagan, mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, hududning iqtisodiy va moliyaviy holati boʻyicha yetarlicha maʼlumotga ega, sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, yetarli bilimga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari belgilangan tartibda tayinlanadi;
2. Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari mehnat va ijro intizomiga, ichki mehnat tartibi qoidalariga, xizmat etikasiga, xavfsizlik, shuningdek, axborot xavfsizligi siyosati qoidalariga qatʼiy rioya etishi, xizmat sirlarini oshkor etmasligi, jamoadagi sogʻlom, ishchan muhitning barqarorligini taʼminlashi, jamiyatdagi va qonunchilikdagi oʻzgarish hamda yangiliklarni muntazam oʻrganib borishi, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borishi, oʻzaro tajriba almashgan holda, ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borishi, xushmuomala boʻlishi shart;
tuman(shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo’ljallangan prognoz parametrlarini ishlab chiqishni tashkil etish va hududiy boshqarma bilan kelishish;
belgilangan prognoz koʻrsatkichlariga erishish maqsadida aniq chora-tadbirlarni (amalga oshirish muddati va masʼul ijrochilari belgilanadi) nazarda tutuvchi tuman (shahar)ni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiya va dasturlarini ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish.
tuman(shahar)ni jadal kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlar va unga erishish uchun qabul qilingan dasturlar ijrosini monitoring qilishni tashkil etish;
tuman (shahar)ni iqtisodiy o’sishiga turtki beruvchi drayver loyihalarni aniqlashi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
hududning iqtisodiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilib borish va rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik prognoz (kutilish)larini ishlab chiqish, shuningdek, holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga hamda tuman hokimligiga tahliliy maʼlumotlar taqdim etib borish;
har oyda kamida 2 ta sohada prognoz ijrosining (sanoat, qishloq xoʻjaligi, bozor xizmatlari hamda qurilish ishlari) oʻsishga erishishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tizimli ishlarni tashkil etilganligi boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganishlarni jamlab, rahbariyatga taqdim etish;
eksport potensialni faollashtirish, isteʼmol bozorini monitoring qilish;
urbanizatsiya, master reja, uy-joy qurilishi, xizmat va turizm, ijtimoiy, ishlab chiqarish hamda transport infratuzilmasi va DXSH loyihalarini rivojlantirish;
tadbirkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirish, mikro hamda kichik loyihalarni tashkil etish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish dasturlarini ishlab chiqish, monitoring qilish;
boʻsh bino-inshootlar hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi loyihalarining monitoringi va mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish,
suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali suvdan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarida yuqori qiymatli loyihalarni amalga oshirish;
aholi dam olishi uchun tuman markazlarida kamida 1-2 ta tun-u kun (24/7) ishlaydigan koʻngilochar va gastronomik koʻchalarni tashkil etish, bozorlarni zamonaviy shaklga keltirish, sayilgohlar, istirohat bogʻlari, sohil va yoʻl boʻyi infratuzilma imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish, hudud ixtisoslashuvidan kelib chiqib togʻli va togʻoldi rekreatsion turizmni rivojlantirishga ustuvorlik berish;
prognoz koʻrsatkichlari bajarilish ortda qolayotgan tarmoq va soha tashkilotlari mutasaddi rahbar va xodimlariga chora koʻrish boʻyicha tuman (shahar) hokimligi va bosh boshqarmaga taqdimnoma kiritish;
kelgusi yilgi hududiy fiskal strategiya ishlab chiqish;
Boshqarma boshligʻi va boʻlim boshligʻi tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash
Boʻlim boshligʻi mehnat taʼtilida, mehnatga layoqatsizlik davrida va boshqa uzrli sabablarga koʻra ishda boʻlmagan vaqtlarida uning vazifasini vaqtincha bajarib borish
Boʻlim xodimlariga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Boʻlim vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun boʻlim boshligʻiga kiritish
budjet soʻrovini yuborish boʻyicha qaror loyihasini tuman (shahar) hokimligiga kiritish va tasdiqlangan qaror asosida tuman (shahar) mahalliy budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan budjet tashkilotlariga budjet soʻrovini yuborishni tashkil etish;
kelgusi yil uchun budjet loyihasini asoslangan hisob-kitoblar asosida tayyorlashni va Bosh boshqarmaga taqdim etishni tashkil etish;
mahalliy budjet parametrlarini, mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga kiritish hamda xalq deputatlari kengashining sessiyalarida hisobot berish;
mahalliy bujet parametrlarini tasdiqlash uchun hamda mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish uchun tuman (shahar) hokimligiga kiritish;
mahalliy budjet daromadlari va xarajatlari prognoz koʻrsatkichlarining manbalar va yoʻnalishlar boʻyicha bajarilishini monitoring qilish;
mahalliy budjet xarajatlarining belgilangan qonunchilik meʼyorlariga muvofiq toʻgʻri rejalashtirilishi hamda maqsadli va samarali sarflanishini ustidan monitoring qilish;
mahalliy budjet daromadlar bazasini mustahkamlash, budjetga qoʻshimcha daromadlar zaxiralarni aniqlash boʻyicha moliya organlarining tizimli ishini tashkil etish hamda faoliyat natijasi boʻyicha tegishli takliflarni tuman (shahar) hokimligi va davlat soliq inspeksiyasiga muntazam taqdim etilishini tashkil etish;
📌 Vazifalar
Quyidagilar Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Vazirlik faoliyatini tartibga soluvchi Farmon va qarorlari, farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va Vazirlik tomonidan qabul qilingan sohaga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarni bilish va ulardan amalda foydalanish;
Boʻlimga ijro va maʼlumot uchun kelib tushgan hujjatlar, jumladan, xat, ariza, shikoyatlar va boshqalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish, Bosh boshqarma xodimlariga taqsimlash, nazorat qilish va ularning ijrosini taʼminlash;
funksional vazifalarni bajarishda ijro va mehnat intizomiga rioya etish;
Vazirlikda oʻtkaziladigan ommaviy-tashkiliy, xodimlar malakasini oshirish tadbirlarida faol ishtirok etish.
Boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa majburiyatlarga ham ega.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma