#
Aktiv
#

bo'lim mudiri / bo'lim mudiri

1 795 850 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 10.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi умумий амалиёт шифокори
💰 Maosh 1 795 850 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge oila shifokori
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-11-21

📋 Talablar

1. Oilaviy poliklinika bo‘lim boshlig‘i lavozimiga o‘z mutaxassisligida zarur tajriba va tayyorgarlikka ega va tashkilotchilik qobiliyati mavjud bo‘lgan umumiy amaliyot vrachi, pediatr yoki terapevt tayinlanadi.
2. Bo‘lim boshlig‘i amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy poliklinika rahbariyati tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
3. Bo‘lim boshlig‘i bevosita oilaviy poliklinikaning bosh vrachiga bo‘ysunadi.
4. Bo‘lim boshlig‘i o‘z ishida mazkur yo‘riqnoma, lavozimli shaxslar to‘g‘risidagi nizom va oilaviy poliklinikaning Ustaviga, yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash organlari buyruqlari va yo‘riqnomalariga, oilaviy poliklinika rahbariyatining farmoyishlariga hamda amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladi.

📌 Vazifalar

Bo‘lim boshlig‘ining vazifalari quyidagilardan iborat:
5. Bo‘lim xodimlarining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish.
6. Bo‘limda va xonadonlarda davolash-diagnostika hamda profilaktika ishlarini tashkil etish.
7. Bo‘lim vrachlari tomonidan bemorlarni tashhislash va davolash ishlarini nazorat qilish.
8. Vrachlar hududlaridagi lozim bo‘lgan aholi tarkibini profilaktik emlashlar bilan qamrashi va buni rejalashtirishini nazorat qilish.
9. O‘smirlar va harbiy xizmatga chaqiriluvchi yoshdagilarni ko‘rikdan o‘tkazish va sog‘lomlashtirish sifatini nazorat qilish.
10. Biriktirilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktika va maqsadli tibbiy ko‘riklarni, biriktirilgan aholi ichidan dekretlashtirilgan aholi tarkibining (bolalar, o‘smirlar, tug‘ish yoshidagi ayollar, surunkali kasalligi borlar) dispanserizatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirish.
11. Bo‘lim vrachlari tomonidan vaqtinchalik ishga layoqatsizlikning ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish va amaldagi nizomga muvofiq holda uning sifatini muntazam nazorat qilish.
12. Bo‘lim xodimlarining ish jadvalini tuzish.
13. Bo‘lim faoliyati amaliyotiga tashhislash va davolash ishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini joriy qilishni tashkillashtirish.
14. Shifoxonalarga yo‘llash orderi va ambulator kartasidan ko‘chirmalar to‘g‘ri hamda to‘liq to‘ldirilganligini nazorat etish bilan birga, albatta bemorni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazib, reja asosida shifoxonaga yotqizishni tashkil etish.
15. Dispanserlik hisobida turgan va dispanserlik nazoratiga yangi olingan bemorlarning sifatli va samarali dispanserizatsiyasini tashkil etish.
16. UAV xududidagi hayotining birinchi yilidagi go‘daklarni va dispanser guruhidagi bolalarni kuzatish bo‘yicha vrachning ishini nazorat qilish.
17. Bo‘lim vrachlari tomonidan yuqumli kasalliklarni erta aniqlash, diagnostika qilish va davolashni va ular tomonidan davlat sanitariya-epidemiya nazorati hududiy markaziga o‘z vaqtida xabarnomalar yuborilishini tashkil etish.
18. Sanatoriya-kurort davolanishiga bemorlarning to‘g‘ri tanlanishini va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ketayotgan shaxslarni nazorat qilish.
19. Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlarning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish bo‘yicha ishlarini tashkil etish.
20. Vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy hisob va hisobot hujjatlarining to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida to‘ldirilishini nazorat qilish.
21. O‘tkazilgan tekshiruvlar va har bir xodim faoliyatining ko‘rsatkichlari tahliliga asoslanib, bo‘limda vrachlar va o‘rta tibbiy xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish.
22. Bo‘lim ish rejasini va qilingan ishlar hisobotini tayyorlash

🕐 Ish sharoitlari

soat 8.00-14.00 gacha

Google xarita

None