Bo'lim mudiri / Bo'lim mudiri
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | АППАРАТ |
| 💰 Maosh | 4 064 149 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy (Bakalavr) |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Madaniyat sohasi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-05-09 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari va farmoyishlariga, viloyat hokimi qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va boshqarma boshlig‘i buyruqlari asosida faoliyat olib boradi.
Madaniyat boshqarmasi tizimidagi madaniy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat markazlari ishini nazorat qiladi.
Tuman (shahar) dagi mavjud madaniyat markazlaridagi xalq havaskorlik unvoniga ega bo‘lgan jamoalarning ishlarini bevosita nazorat qiladi, ularning repertuar ish rejalarini muvofiqlashtiradi.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat markazlarida ishlovchi rahbar-xodimlarni malaka oshirish kurslariga borishini nazorat qiladi.
Madaniyat boshqarmasi Kengashiga madaniy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat markazlari masalalarini tayyorlaydi va Kengash qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi.
Madaniyat boshqarmasi Kengashiga madaniy ma’rifiy muassasalar, madaniyat markazlaridan kelgan hujjatlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
📌 Vazifalar
Madaniyat boshqarmasi tizimidagi madaniy-ma’rifiy muassasalar, va “Xalq” va “Namunali” unvonga ega bo‘lgan jamoalarni faoliyatini nazorat qiladi.
Madaniyat boshqarmasida madaniyat markazlari bo‘yicha yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va xodimlarining soni va sifat darajasi bo‘yicha hisobot yuritadi va rahbariyatga taqdim etadi.
Madaniy-ma’rifiy muassasalar, madaniyat markazlarining rahbar-xodimlarini malaka oshirish kurslariga borishini nazoratga oladi.
tegishliligi bo‘yicha Fuqarolardan tushgan xat, shikoyat va arizalarni o‘rganadi, masalalarning to‘g‘ri hal qilinishini ta’minlaydi.
Mehnat va ijro intizomiga qattiq rioya qilgan holda barcha vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishni ta’minlaydi.
O‘z malakasini diomiy ravishda oshirib boradi.
Boshqarmaning Odob-ahloq, Ichki mehnat tartib qoidalari, ish taqsimoti va mazkur lavozim yo‘riqnomasiga so‘zsiz amal qiladi.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha