#
Aktiv
#

Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis

TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANI, ISLOM KARIMOV, 1

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Sun'iy intellektni rivojlantirish bo'limi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy (Bakalavr)
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-03

📋 Talablar

Asosiy talablar:
AI reglamentlari, yo‘riqnomalar, ichki tartiblarga rioya etish. Sun’iy intellekt tizimlari, LLM, OCR, mashina o‘qitish va ma’lumotlar bilan ishlash texnologiyalarini bilish. Ma’lumotlar bazalari, infratuzilma va AI uchun zarur texnik sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘nikma. Axborot xavfsizligi, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, konfidensial axborotlar bilan ishlash qoidalariga rioya etish. Raqamli transformatsiya, innovatsion loyiha boshqaruvi bilan ishlash ko‘nikmasi.
Qoʻshimcha talablar:
Xodimlar uchun AI bo‘yicha o‘quv seminarlar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish jarayonida ishtirok etish. Tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda AI xizmatlarini yo‘lga qo‘yish ishlarini amalga oshirish. Kiberxavfsizlik bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan jamoalar bilan ishlash. Sun’iy intellektni joriy etishda axborot xavfsizligi talablarini tushunish. AI etikasiga doir xalqaro prinsiplardan xabardor bo‘lish. Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlashda normativ-huquqiy talablarga qat’iy rioya qilish. “Sun’iy intellekt alyansi” kabi xalqaro platformalar bilan hamkorlikda ishlash. Xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish, AI startaplari va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash. Yillik AI va raqamlashtirish chora-tadbirlar rejasini shakllantirish hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha hisobotlar tayyorlash jarayonida ishtirok etish.

📌 Vazifalar

Maʼlumoti:
Sun’iy intellekt, ma’lumotlar injiniringi, kompyuter ilmlari, axborot texnologiyalari yoki shu yo‘nalishlarga yaqin sohalar bo‘yicha oliy ma’lumot. Xorijiy yoki xalqaro nufuzi yuqori OTMlarda tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, AI boshqaruvi, Data Science, Machine Learning, Cybersecurity bo‘yicha qo‘shimcha kurslar/sertifikatlar – qo‘shimcha ko‘riladi.
Mehnat staji:
Sun’iy intellekt yoki raqamlashtirish sohasida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega boʻlishi lozim. AI loyihalarini joriy qilish, data tizimlar bilan ishlash yoki IT boshqaruvi yo‘nalishida amaliy tajribaga ega bo‘lish.
Til bilish darajasi:
Davlat tilini mukammal bilish, jumladan rus tilini kasbiy darajada bilish, ingliz tilida kamida B2 darajada
(AI bo‘yicha xalqaro resurslar bilan ishlash uchun) bilish kerak. Qo‘shimcha xorijiy tillar — ustunlik.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba-Juma 9:00 - 18:00

Google xarita

None