Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis
100140, Тошкент вилояти, Қибрай тумани, Университет кўчаси, 2-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Investitsiyalar va xorijiy grantlar boshqarmasi |
| 💰 Maosh | 5 329 044 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish, loyiha boshqaruvi va agrobiznes |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Ma’lumoti: oliy
Mutaxassisligi: xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznesni boshqarish, loyiha boshqaruvi va agrobiznes (bakalavr va magistratura)
Sohada kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi
Qo‘shimcha talabalar:
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida makro va mikroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy rivojlantirish strategiyasini hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
mazkur yo‘nalishda yaqin yillar va kelajakka istiqbolni prognozlash va konseptual tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyatlari;
soha bo‘yicha xizmatga oid muzokaralarni yuritishi, yozma va og‘zaki nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi;
loyihalarni amalga oshirish uchun memorandumlar, taʼsis hujjatlari, investitsion va moliyaviy bitimlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
investitsiya faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari hamda davlat dasturlari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini bilishi;
Xorijiy grantlar va texnik ko‘mak loyihalarini jalb qilish va amalga oshirish mexanizmlari bilishi.
📌 Vazifalar
Ish faoliyati bo‘yicha:
qishloq xo‘jaligi sohasidagi investitsion loyihalarni tayyorlash va belgilangan tartibda vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida davlat investitsiya dasturlarining shakllantirilishida ishtirok etish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, chet el investorlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o'tkazish;
vazirlikning tarkibiy bo‘linmalar va tizim tashkilotlarining takliflaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar tayyorlash, ularni tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yana-da yaxshilash va ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, chet el investorlarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazirlikka kiritgan takliflarini vazirlikning boshqa boshqarmalari va tizim tashkilotlari bilan birgalikda o‘rganib chiqib, rahbariyatga taklif kiritish;
xorijiy donorlik missiyalariga grant loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur maʼlumotlarni olishda yordam berish, shuningdek ushbu missiyalarning manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
agrosanoat kompleksi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida loyihalarni, shu jumladan, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda XMI va XHMT deb ataladi) kredit, grant va texnik ko‘maklashish mablag‘larini jalb qilish;
agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi xalqaro moliya institutlari (XMI) va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish, nazorat qilish hamda monitoring qilishdan iborat.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-Juma 9:00-18:00 gacha