#
Aktiv
#

Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis

111809, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog'zor MFY, Bog'zor ko'chasi, 1-uy

3 900 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Hududlar bilan ishlash bo'limi
💰 Maosh 3 900 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge tibbiyot, farmasevtika, iqtisodiyot, huquqshunoslik yoki davlat boshqaruvi
⏳ Ish tajribasi Talab etilmaydi
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-04

📋 Talablar

Ma'lumoti: tegishli soha bo'yicha oliy ma'lumot (tibbiyot, farmasevtika, iqtisodiyot, huquqshunoslik yoki davlat boshqaruvi yo'nalishlari afzal ko'riladi).Bilim va ko'nikmalar: O'zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, huquq normalari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi.Kompyuter savodxonligi: zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va kompyuter dasturlaridan (MS Office, Internet) puxta foydalanish ko'nikmasi.Shaxsiy fazilatlar: Hududlar bilan ishlash, muammolarni tezkor tahlil qilish, muloqot qilish, mas'uliyat va tashabbuskorlik.

📌 Vazifalar

Davlat fuqarolik xizmatchisi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi;
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi;
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi;
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi;
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi;
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi;
davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None