Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis
Namangan shahar, Baynalmilal MFY, Nodira ko‘chasi, 9-uy.
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Mutaxassislik: Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik, sotsiologiya, pedagogika yoʻnalishidagi mutaxassisliklar. Mutaxassisligi toʻgʻri kelmagan holatda tegishli ixtisoslik boʻyicha kasbiy qayta tayyorlov kursini tugatganlik talab qilinadi. |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʻlim tashkilotlarining oliy maʻlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi)
📌 Vazifalar
Mehnat staji: Kamida 3 yil umumiy ish staji (shundan Agentlik tizim tashkilotlarida 1 yil).
Bilishi lozim: – bolalarning jumladan yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, alohida taʻlim ehtiyoji boʻlgan, nogironligi bor, nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, oilalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ota-onalar majburiyati sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bilish;
– bolalar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid maʻlumotni tahlil qilish hamda samaradorlikni oshirish maqsadida ulardan foydalanishni, uni oldini olish choralarini koʻrish va amalga oshirish;
– bolani oilaga joylashtirishning muqobil shakllari va tartibini bilish hamda amaliyotda qoʻllay olish;
– bola huquqlari, bola psixologiyasi, ijtimoiy ishga doir uslubiy materiallaridan xabardorligi;
– ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslubilaridan xabardor, talabchan
va tashabbuskor boʻlish;
– vaziyatni boshqarish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-koʻrib chiqish);
– alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan, jumladan nogironligi boʻlgan bolalar parvarishi, taʻlimi, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga oid xizmat va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish hamda amalga oshirish;
– bolalarning hayoti va sogʻligʻi, ijtimoiylashuviga xavf soluvchi omillarni farqlashi, uning xavfsizligi
va himoyalanganligini taʻminlash tartibini bilish;
– oʻzgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, oʻzini ustidan ishlashga tayyorlik;
– sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega boʻlishi.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.
Xorijiy tilni bilish darajasi : xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tillarini yetarlicha bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi)
Qo‘shimcha talablar; - davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
- jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- vaziyatni boshqarish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-koʻrib chiqish);
- oʻzgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, oʻzini ustidan ishlashga tayyorlik.
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi
O‘RQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qat’iy amal qilishi.
Lavozimga qabul qilish mumkin bo‘lmagan nomzodlar: – oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar;
– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
– sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;
– korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;
– ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;
– tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;
– davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha