Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis
TOSHKENT SHAHRI, MIRZO ULUG`BEK TUMANI, OLIMLAR KO‘CHASI, 49-UY
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Foydali qazilma zaxiralari bo'limi |
| 💰 Maosh | 4 748 436 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-21 |
📋 Talablar
1. Foydali qazilmalar geologiyasi va qidiruv ishlari yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
2. Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida yo‘nalishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
3. Geologik tasvirlash, foydali qazilmalar konlarini izlash va qidirish, yer qa’ridagi foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash, zaxiralarni hisoblashda konditsiyalarining texnik-iqtisodiy asoslari, shuningdek, boshqa materiallarni tahlil qilish;
4. O‘z qarashlarini himoya qila olish, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
5. Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, davlat fuqarolik xizmatiga oid qonunlardan xabardorligi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
6. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami (Microsoft Word, Acces, Excel va PowerPoint), lokal tarmoq hamda Internet tarmog‘idan yetuk darajada foydalana olishi;
7. Davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilish, IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi).
📌 Vazifalar
Kon-geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishga taqdim etilgan foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash hamda texnik-iqtisodiy asoslar konditsiyalari ekspertizasini tashkil etish;
ekspert xulosalarini tahlil qilish va umumlashtirish;
Davlat komissiyasi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun materiallar va bayonnomalar (qarorlar) loyihalarini tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar zaxiralari Davlat balansi tahlilini o‘tkazadi va ularni Davlat komissiyasi hamda Davlat komissiyasi huzuridagi Hududiy zaxiralar komissiyasi tasdiqlagan miqdori hisobi bilan zaxiralar harakati va holati qismini, geologiya-qidiruv ishlari va konlarni ekspluatatsiya qilishning yangi ma’lumotlarni, shuningdek, tezkor hisobotlar bo‘yicha qabul qilingan zaxiralarni Davlat komissiyasiga taqdim etish yuzasidan tavsiyalar berish;
foydali qazilmalar konlari qidiruvini va baholashni, zaxiralar hisobini yurituvchi tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish, kamchiliklarni bartaraf etish va Davlat zaxiralar komissiyasiga taqdim etiladigan materiallar sifati va to‘liqligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
foydali qazilmalar zaxiralarini hisoblash hamda texnik-iqtisodiy asoslar konditsiyalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni tuzishda ishtirok etish;
foydali qazilmalarning barcha turlari bo‘yicha normativ-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;
Lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq tegishli boshqa vazifalar.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma, Soat 9:00 dan 18:00 gacha