#
Aktiv
#

Bosh mutaxassis / Bosh mutaxassis

TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANI, ISLOM KARIMOV, 1

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 25.04.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Grant mablag'larni jalb etish va ekologik diplomatiya bo'limi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy (Bakalavr)
🏷️ Yo'nalish / surcharge
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-04-21

📋 Talablar

Ma’lumoti:
Iqtisodiyot va menejment sohalari bo‘yicha oliy ma’lumot bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi).
Mutaxassisligi:
Iqtisodiyot; Menejment; Iqtisodiy tahlil; Iqtisodiyotda matematik metodlar; Moliya va investitsiyalar; Investitsiyalarni boshqarish; Statistika; Marketing va menejment yo‘nalishlari; Biznes boshqaruvi; Strategik menejment; Loyiha boshqaruvi; Raqamli iqtisodiyot; Moliyaviy menejment; Korxona iqtisodiyoti va menejmenti; Resurslar va risklarni boshqarish yo‘nalishlari.
Mehnat staji:
3 yil ish tajribasi va mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.
Til bilish darajasi:
Davlat tilini va rus tilini yaxshi bilish.
Ingliz tilini kamida B2 yoki C1 darajaga yoki unga tenglashtirilgan mos darajaga ega bo‘lishi.
Kompyuter savodxonligi:
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.

📌 Vazifalar

Qo‘shimcha talablar:
“Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish va donorlar bilan ishlash” sohasidagi qonunchilik hujjatlarini, jumladan PF-5848-son Farmon va 786-son Qarorni chuqur bilishi, grant mablag‘larini jalb etish, monitoring va tahlil qilish, donor tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, xalqaro ekologik diplomatiya, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish va tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi.
Faoliyatiga oid zaruriy axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olishi, strategik fikrlay olishi, yuklatilgan vazifalarni ma’suliyat bilan bajara olishi, soha bo‘yicha qonunchilik hujjatlar loyihalarni tayorlash va faoliyatni huquqiy tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ushbu hujjatlardan o‘z faoliyatida qo‘llay olishi.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba-Juma 9:00 - 18:00

Google xarita

None