bosh mutaxassisi / bosh mutaxassisi
Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Raqamli sog‘liqni saqlash shu’basi |
| 💰 Maosh | 7 055 295 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-21 |
📋 Talablar
Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya, Axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, kompyuter injiniringi, telekommunikatsiya yo‘nalishlarini (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi) tamomlagan bo‘lishi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kamida 3 yil tajribaga ega bo‘lishi; Axborot texnologiyalari yoki sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish yo‘nalishida amaliy tajribaga ega bo‘lishi, Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint) dasturlarini mukammal bilishi. Google Workspace xizmatlaridan foydalana olishi, “Lokal” tarmoqlar va internet texnologiyalari haqida bilimga ega bo‘lishi, Ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi, davlat tilini mukammal bilishi (xorijiy tillarni bilish , IELTS, TOEFL IBT kabi sertifikatlarga egalik ustunlik beradi); aholiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
sog‘liqni saqlash yo‘nalishlaridagi islohotlar borasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini anglashi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Mehnat faoliyati davomida salbiy sabablarga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilib, past lavozimlarga o‘tkazilgan bo‘lmasligi (texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi bundan mustasno); O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
📌 Vazifalar
Hududdagi shifoxona va poliklinikalarda "Elektron sog‘liqni saqlash" tizimlarini (elektron poliklinika, elektron kasallik tarixi va boshqalar) bosqichma-bosqich to‘liq yo‘lga qo‘yish. Tibbiyot muassasalarining dasturiy mahsulotlarini Yagona raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga integratsiya qilinishini nazorat qilish va texnik muvofiqlashtirish. Tibbiy axborot tizimlaridagi bemorlarning shaxsiy ma’lumotlari va maxfiy tibbiy sirlarning xavfsizligini hamda himoyalanishini ta’minlash. Tibbiyot xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va maxsus tibbiy dasturlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish, treninglar tashkil etish. Tizimlarning uzluksiz ishlashini kuzatish, yuzaga kelgan texnik nosozliklarni bartaraf etish va raqamlashtirish holati bo‘yicha yuqori tashkilotlarga (vazirlik va raqamli sog‘liqni saqlash markaziga) hisobotlar topshirish. Tibbiyot muassasalarining kompyuter texnikasi, tarmoq qurilmalari va internet aloqasi bilan ta’minlanganlik darajasini tahlil qilish va ehtiyojlarni shakllantirish. Dorixonalar va tibbiyot maskanlarining raqamli tizimlarga (jumladan, dori vositalari aylanmasini nazorat qilish tizimlariga) ulanishini ta’minlash va jarayonni kuzatib borish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba