bosh mutaxassisi / bosh mutaxassisi
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Yarimo‘tkazgichlar va elektronika sohasini jadal rivojlantirishni muvofiqlashtirish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 5 225 335 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot, moliya, sanoat, elektronika, axborot texnologiyalari |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-04 |
📋 Talablar
1. Iqtisodiyot, moliya, sanoat, elektronika, axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi);
2. Iqtisodiyot, moliya, sanoat, elektronika, axborot texnologiyalari sohalarida kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga, shuningdek davlat boshqaruv organlarida mutaxassisligi boʻyicha amaliy ish stajiga ega boʻlishi;
3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan, yarimo‘tkazgichlar, mikroelektronika, chiplar, ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalaridagi xalqaro vaziyat va so‘nggi o‘zgarishlardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
5. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint), sun’iy intellekt platformalarida mukammal darajada ishlay olishi;
6. O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz va boshqa chet tillarini kamida B2 darajada bilishi.
7. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
📌 Vazifalar
1. Yarimo‘tkazgich bozorini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or jahon tajribasini inobatga olgan holda takliflar ishlab chiqish;
2. Istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirish;
3. Sohada professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini davlat hududida va xorijda yoʻlga qoʻyish;
4. Davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar bozorini rivojlantirishdagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
5. Mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirishga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy moliyaviy institutlar va donorlarni jalb etish, grant va kredit mablag‘larini safarbar qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda muzokaralarda ishtirok etish;
6. Mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasida rivojlangan xorijiy davlatlar, yetakchi xalqaro kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari va texnologik klasterlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar, texnologiyalar transferi hamda tajriba almashinuvi mexanizmlarini rivojlantirishda ishtirok etish;
7. Mikroelektronika va yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan tegishli qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirish;
8. Mikroelektronika va yarimoʻtkazgichlar sohasida fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga ko‘maklashish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash;
9. Sohada yagona texnik va texnologik siyosatni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati topshiriqlarini bajarish hamda vazirlik va idoralar tomonidan kelib tushadigan murojaatlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash;
11. O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralar tomonidan yuborilgan turli murojaatlar va xatlarga tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish;
12. Bo‘lim tomonidan vakolat doirasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tegishli xulosalar berish;
13. Bo‘limda samarali ish yuritilishini tashkil etish, Qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarining o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash;
14. Bo‘lim faoliyatiga tegishli masalalar bo‘yicha manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar bilan muntazam va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
15. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha