bosh mutaxassisi / bosh mutaxassisi
Toshkent shahri, Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘chasi 107B-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Teatr, sirk san’ati va kinematografiya sohasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 5 017 196 so'm |
| 📊 Stavka | 0.5 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik avzallik beradi) Ustuvor ravishda madaniyat va sanʼat yoʻnalishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga egalik afzallik beradi). |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-20 |
📋 Talablar
Microsoft Office dasturi (Word, Yexse!, Power Point va h.k), Zamonnaviy axborot texnologiyalarida va Internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi Mehnat qonunchiligi, xususan, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonundan toʻliq xabardor boʻlishi; Davlat tilini bilishi (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisblanadi); Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
📌 Vazifalar
Bosh mutaxassisningning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-milliy va jahon teatr, opera va balet san’atining boy an’analarini yuksaltirish, asrab-avaylash va rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlarini sahnalashtirish, ularda milliy an’analarimizni ulug‘lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida milliy va jahon madaniyati va qadriyatlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, shuningdek, jahon teatr va tomosha san’ati sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish;
-o‘zbek va jahon teatr, opera va balet san’atining eng nodir namunalarini targ‘ib qilish, konsert dasturlarining g‘oyaviy badiiy saviyasini oshirish, aholining dunyoqarashi yangicha milliy istiqlol g‘oyasi asosida shakllanishiga, ma’naviy talablarni qondirish uchun qulay sharoitlar yaratish, vatanparvarlik, baynalminal, huquq va axloqiy tarbiyani qaror toptirish, ularni demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish ishiga jalb etishga ko‘maklashish, erkin ijodiy o‘ziga xolislikni namoyish qilish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat sifatini oshirish;
-O‘zbekiston teatr va tomosha san’atini mamlakatimizda va chet ellarda keng targ‘ib etish, gastrol faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
-respublika miqyosida madaniy tadbirlarda, ko‘rik-tanlovlarda, festivallarda faol qatnashish va tashkil etish, teatrlashtirilgan tomoshalar va spektakllar tayyorlash.
5.2. Bosh mutaxassis:
Bo‘lim boshlig‘i tomonidan yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni
o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlaydi.
Vazirlikning Odob-ahloq, Ichki mehnat tartib qoidalari, Bo‘limning Nizomi, ish taqsimoti va mazkur lavozim yo‘riqnomasiga so‘zsiz amal qiladi.
Tashkilotlar ishlarining ahvoli haqida tahliliy ma’lumotlar, bildirishnomalar tayyorlaydi va ularni Bo‘lim boshlig‘iva o‘rinbosariga taqdim etadi.
Tashkilotlar faoliyatini faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va tomosha dasturlarini tayyorlashda qatnashadi.
Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha boshqarma va bo‘lim boshlig‘i topshiriqlarini bajaradi.
Bo‘lim kelib tushuvchi va boshqarmadan chiquvchi hujjatlar hisobini yuritadi.
Tegishli muassasalar badiiy kengashlari faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiradi.
Bo‘limda yuritiladigan va bo‘limga kelib tushgan hududlarga oid barcha hujjatlarni yuritadi va belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
Davlat mukofotiga tavsiya etilayotgan madaniyat sohasi namoyandalarining hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda, talab darajasida tayyorlanishini ta’minlaydi.
Hududlarga oid buyruqlarni ijrochilarga yetkazilishini va buyruqning tegishli bandlaridagi topshiriqlarini amalga oshiradi
Hududlarning xodimlarga bo‘lgan talablarini o‘rganib chiqadi hamda ular yuzasidan ma’lumot tayyorlaydi.
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob beradi.
Rahbariyat topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi.
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga amal qiladi.
Vazirlik ijodiy birlashmalari va tashkilotlarning yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talablarini o‘rganib chiqadi hamda ular yuzasidan ma’lumot tayyorlaydi.
Ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanadi.
O‘z bilimlarini doimo takomillashtirib, sohaga oid qabul-qilinayotgan yangi me’yoriy-huquqiy xujjatlar talablarini o‘rganib boradi.
Vazirlikning obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni va ijodiy birlashmalar yuzasidan olib borilayotgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
Bo‘lim bosh mutaxassisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
5.3. Bosh mutaxassis:
-o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarish;
-o‘ziga viza qo‘yilgan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosa loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi;
-o‘zining faoliyati sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi uchun javobgardir.
5.4. Bosh mutaxassis o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
5.5. Belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma 9:00-18:00 gacha. Dam olish kuni shanba, yakshanba.