#
Aktiv
#

Bosh mutaxassisi (supervayzer) / Bosh mutaxassisi (supervayzer)

Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги Андижон вилояти бошқармаси

5 000 000 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Qo‘rg‘ontepa tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
💰 Maosh 5 000 000 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Ijtimoiy ish, pedagogika, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy, moliyaviy yoʻnalishlar (ijtimoiy ish, pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlariga ustuvorlik beriladi).
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Ha (ichki)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-04

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi);
Nomzod ijtimoiy xodimlar guruhida kamida 1 yil mehnat tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ijtimoiy xodim sifatidagi faoliyati davomida “Ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligi boʻyicha KPI koʻrsatkichlari” yuqori bo‘lgan, ogʻir keyslarni muvafaqqiyatli yuritgan ijtimoiy xodimlar hamda o‘z ishiga yuqori darajada talabchan nomzodlar tavsiya etiladi.
Auditoriya bilan ishlash koʻnikmasi (trenerlik koʻnikmasi), keys-menejment amaliyoti boʻyicha toʻliq ish yurita olish va E-case modulida ijtimoiy ishni yuritishni bilish.
Ijtimoiy sohaga oid qabul qilingan normativ hujjatlarni bilishi, interviziyani oʻtkaza olish, oratorlik (notiqlik) koʻnikmasi va ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning ilgʻor nazariy bilimlarga ega boʻlish.
Ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish.
Shaxsning ruhiy holatidan xabardor boʻlish va kasbiy toliqishning (kasbiy kuyish sindromi) oldini olish koʻnikmalariga ega boʻlishi.
Shaxslararo munosabatlarni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlishi (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan).
Murabbiylik qobiliyatlari, vaqtni samarali boshqarish koʻnikmasi (taym menejment), idoralararo hamkorlikni tashkil etish va yuritish hamda masʻuliyatli boʻlishi.
Muloqot koʻnikmalarini bilish (eshitish, toʻgʻri savol berish, kuzatish).
Maxfiylikka rioya qila olishi (ishga doir hujjat, fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini oshkor qilmaslik).
Vaziyatni boshqarish, monitoring va tahlil qilish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish dasturlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini va qayta-koʻrib chiqish zaruriyatlarini kuzatish).
Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor boʻlishi.
- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan bo‘lishi;
- soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;

📌 Vazifalar

Lavozim majburiyatlarini bajarish;

🕐 Ish sharoitlari

Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba

Google xarita

None