Bosh shifokor o'rinbosari / Bosh shifokor o'rinbosari
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Boshqa hodimlar |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Davolash ishi, Pediatriya ishi |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2025-12-29 |
📋 Talablar
1.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini vazifasiga davolash va tashkilotchilik ishida tajribaga ega bo‘lgan malakali shifokor tayinlanadi.
2.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovinini bosh shifokor tomonidan shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan kelishilgan xolda tayinlanadi va ishdan bo‘shatadi.
3.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini bosh shifokorga bevosita bo‘ysunadi.
4.Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini barcha davolash-diagnostika bo‘limlariga, laboratoriyaga, tibbiy statistikaga, tibbiyot arxiviga, davolash-diagnostika jarayonining sifatiga va shifoxonaning tadqiqot bo‘yicha barcha ishlarining tashkiliy tomonlariga, bemorlarga xizmat qilish va davolashga javob beradi. Amaldagi doimiy faoliyat komissiyasi, tibbiy kengashi, hamshiralar kengashi ishiga bevosita rahbarlik qiladi va javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
📌 Vazifalar
5. Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini bevosita ma’sul bo‘ladi:
5.1.Shifoxonadagi davolash-diagnostik jarayoning uyushtiradi va sifatli yo‘lga qo‘yadi;
5.2.Tibbiyot kadrlarning faoliyatiga qarab joy-joyiga qo‘yish, shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarning malakasi oshirilishini nazorat qiladi;
5.3.Tibbiyot apparaturalari va texnikasidan yordamchi davolash-diagnostik bo‘limlarida unumli foydalanilishini tashkillashtiradi;
6.Quyidagi ishlarga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi:
6.1.Kasalliklarning oldini olish, diagnostikasi, bemorlarning davolanishi borasida yangi profilaktik metodlarni amaliyotga tadbiq etadi va davolashning natijalarini oshirishga erishadi;
6.2.Shifoxonadagi yuqumli epidemiologik rejim bo‘yicha amaldagi ko‘rsatmalarning bajarilishi, shifoxona ichki infeksiyasining oldini olishini nazorat qiladi;
6.3.Axolining reproduktiv salomatligini mustaxkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jismoniy va ma’naviy barkamol yosh avlodni voyaga yetqazish borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini o‘tkazadi;
6.4.Axolining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashqivot ishlarini nazorat qilish;
7. Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini nazorat o‘rnatadi va uyushtiradi:
7.1.Shifoxonaning davolash-diagnostik tarkibidagi rahbarlarlik faoliyati uchun;
7.2.O‘z vaqtida va to‘liq diagnostik-davolash jarayoni sifati uchun;
7.3.Davolash kengashidagi va bosh shifokor qoshidagi tekshirish yakunlari so‘nggi muhokamasiga binoan bo‘lim ishlari xolatini rejali va to‘satdan tekshirish, xamda tahlil qilish uchun;
7.4.Shifoxona tarkibidagi bo‘limlarning sifat ko‘rsatkich faoliyatini tahlili uchun;
7.5.Tibbiy hujjatlarni yuritish va saqlashni muntazam tekshirish uchun;
7.6.Bemorlarga berilayotgan mehnatga layoqatsizlik varaqalarining to‘g‘riligi uchun;
7.7.Davolash kengashi, dori-darmonlarni taqsimlash va foydalanish ustidan nazorat qiluvchi amaldagi doimiy komissiya ish uchun;
7.8.Axolining tibbiy savodxonligini va oila tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashqivot ishlari uchun;
8. Davolash ishlari bo‘yicha bosh shifokor muovini quyidagi ishlarni bajaradi:
8.1.Barcha tarkibiy bo‘limlarini ishlarining yillik rejasini tuzish, shuningdek uning bajarilishi ustidan izchil nazorat qilish;
8.2.Statistik hisobotini to‘g‘ri tuzish va tegishli muassasalarga belgilangan muddatda hisobotni topshirishni nazorat qiladi;
🕐 Ish sharoitlari
Dushanbadan shanbagacha 08:00 dan 16:00 gacha