bosh yuriskonsulti / bosh yuriskonsulti
Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Iqtisodiy va moliyaviy qonunchilik bo‘limi |
| 💰 Maosh | 5 225 335 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Huquqshunoslik |
| ⏳ Ish tajribasi | 1 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-20 |
📋 Talablar
1. Huquqshunoslik yo‘nalishi boʻyicha tugallangan oliy ma’lumotga ega
boʻlishi;
2. Yuridik yo‘nalish boʻyicha yuridik xizmat xodimi sifatida davlat
boshqaruv organlarida kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega boʻlishi;
3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, shu jumladan,
fuqarolik, mehnat, moliya, soliq, maʼmuriy, iqtisodiy-protsessual va jinoyat
huquqi normalarini bilishi va ish faoliyatida qoʻllash koʻnikmalari shakllanganligi;
4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan
xabardor boʻlib borishi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushunishi;
5. Jamoa bilan ishlash, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borish,
oʻzaro tajriba almashgan holda ish jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borish
koʻnikmalariga ega boʻlishi, xushmuomala boʻlishi va boshqaruvchanlik
qobiliyatlariga ega bo‘lishi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilish, xususan, ular yuzasidan huquqiy ekspertizani
amalga oshirish, fuqarolik, tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi boʻyicha
shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida amaliy
va nazariy bilimlarga ega boʻlishi;
6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office) mukammal
darajada ishlay olishi;
7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yaxshi darajada
bilgan nomzodlarga afzallik beriladi).
8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.
📌 Vazifalar
1. Departament faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga
oshirilishida ishtirok etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida
va sifatli bajarish;
2. Departament faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda
muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok
etish;
3. Departamentga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan
vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya
organlari, vazirlik tizimidagi tashkilotlardan xizmat maqsadlarida foydalanish va
ishni tashkillashtirish uchun belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni soʻrab
olish;
4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan huquqiy ekspertizani,
xususan, ularning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish, normativ
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilishda ishtirok etish;
5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash, koʻrib
chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ilmiy yondashish hamda ilmiy
tahliliy materiallarni oʻrganish;
6. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda huquqiy
hujjatlarni tizimlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va yuritish;
7. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash,
vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab
chiqish;
8. Lavozim yoʻriqnomasi va qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni
bajarish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha