boshlig'i / boshlig'i
Toshkent shahri, Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘chasi 107B-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Kinematografiya sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 5 480 660 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) Ustuvor ravishda madaniyat va sanʼat yoʻnalishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi) |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Ha (ichki) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-02 |
📋 Talablar
Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan toʻliq xabardor boʻlishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim.
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga nomzod kamida 5 yil Madaniyat va sanʼat (ustuvor ravishda kino) tarmoqlarida (shundan kamida 1 yili rahbarlik) boshqaruv yoki mutaxassis lavozimlarida ishlagan boʻlishi shart.
📌 Vazifalar
1. Bo‘lim boshlig‘i vazirga va vazir o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Bo‘lim boshlig‘i bo‘limning faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
2. Bo‘lim boshlig‘ining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlar, Hukumat qarorlari, farmoyishlari, topshiriqlar, ko‘rsatmalari, vazirlik buyruqlari va qarorlari o‘z vaqtida va natijali bajarilishi, shuningdek, vakolatli organlarga kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini, hisob-kitoblarning asoslanganligini, kafolatlanadigan moliyalashtirish manbalarini va erishiladigan prognoz natijalarining aniqligini nazarda tutgan holda puxta ishlab chiqishni ta’minlaydi;
-bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bo‘limga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, bo‘lim mas’ul xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
-bo‘lim Nizomi va Ish rejasi asosida uning ish tarzi va uslublarini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi;
-vazirlikda amalda bo‘lgan tartib va yo‘riqnomalarga muvofiq bo‘limda ish yuritishni tezkor, aniq va to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi;
-bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqa bo‘limlari bilan zaruriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etadi;
-vazirlik Hay’ati va markaziy apparati, vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlar hamda kengashlarda, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalarni tayyorlashda va muhokama qilishda qatnashadi;
-bo‘limdagi bo‘sh lavozimlarga nomzodlar yuzasidan hamda bo‘limda faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, mehnat va ijro intizomi qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
-vazirlikda, shuningdek, tizim tashkilotlarida qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
-normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek vazirlik rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi.
-mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘limlar bilan birgalikda vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
-vazirlik va tizim tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
-vazirlikning tegishli bo‘limlari bilan birgalikda tizim tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
-vazirlikda mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-respublikada kinematografiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshiradi;
-ijodiy jamoalarga xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda har tomonlama yordam beradi;
-“Kinematografiya” agentligini ishlarini muvofiqlashtiradi, ularning Ustavlari va ish rejalariga asosan faoliyat yuritishlarini nazorat qiladi, tashkiliy va kadrlar, moliyaviy-iqtisodiy masalalarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
-tegishli tizim tashkilotlar tomonidan tayyorlanib, vazirlikka taqdim etiladigan hisobotlar, axborotlar va ma’lumotlarni to‘g‘riligini o‘rganadi;
-vakolati doirasida davlat tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda amaliy hamda metodik yordam beradi, kino sohasi faoliyatini rivojlantiradi, zamonaviy san’at janrlarining rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratadi;
-respublika miqyosida bo‘lib o‘tadigan tanlovlar hamda festivallarni tashkillashtiradi, respublika rahbariyati tomonidan imzolangan xalqaro bitimlarga asosan kino yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro aloqalarini rivojlantiradi;
-kino sohasini malakali xodimlar bilan ta’minlanishini, ularning kasb mahoratlarini oshirishni, ijodiy xodimlarni rag‘batlantirilishini, davlat mukofotlariga tavsiya etilishini tashkil etadi;
-“Kinematografiya” agentligining boshqaruvini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
-kino faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni shakllantiradi, ular asosida tegishli takliflar ishlab chiqib, vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.
-vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ijodiy jamoalarining gastrol faoliyatini, shu jumladan chet ellardagi gastrol faoliyatini tashkil qiladi.
3. Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
-ijodiy jamoalar, madaniyat va san’at mutaxassislari va arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, xalqaro tanlovlar, festivallar va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun tayyorlashni, jo‘natishni va qabul qilinishini ta’minlaydi;
-“Kinematografiya” agentligi faoliyatini kuzatib boradi;
-badiiy va hujjatli filmlar muhokamasida ishtirok etadi;
-qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlarning rahbar xodimlarini attestatsiyasini tashkil etishda ishtirok etadi. Attestatsiyadan o‘tkazish masalalarida uslubiy yordam ko‘rsatadi;
-joylarda bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘rganishlar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularda ishtirok etadi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
-vazir topshirig‘iga asosan bo‘lim faoliyatiga doir ishlar yuzasidan yuqori tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
3.1. Bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va ishning tashkillashtirilishini nazorat qiladi.
3.2. Bo‘limning ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun vazirga kiritadi.
3.3. Bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq choraklik, yillik va boshqa hisobotlarni tayyorlaydi.
3.4. Bo‘lim xodimlariga yuklatilgan vazifalarni muvofiqlashtirib boradi.
3.5. Odob-ahloq, Ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qiladi.
3.6. Mazkur lavozim yo‘riqnomasida bayon qilingan zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajaradi.
3.7. O‘z bilimlarini doimo takomillashtirib, sohaga oid qabul-qilinayotgan yangi me’yoriy-huquqiy xujjatlar talablarini o‘rganib boradi.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma 9:00-18:00 gacha. Dam olish kuni shanba, yakshanba.