boshlig'i / boshlig'i
Toshkent shahri, Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘chasi 107B-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini rivojlantirish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 5 017 196 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy, bakalavr diplomiga ega boʻlishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) Ustuvor ravishda madaniyat va sanʼat yoʻnalishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi) |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-02 |
📋 Talablar
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim.
Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan toʻliq xabardor boʻlishi;
Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga nomzod kamida 5 yil Madaniyat va sanʼat (ustuvor ravishda madaniyat sanʼati) tarmoqlarida (shundan kamida 1 yili rahbarlik) boshqaruv yoki mutaxassis lavozimlarida ishlagan boʻlishi shart.
📌 Vazifalar
1. Bo‘lim boshlig‘i vazirga va vazir o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
1.1. Bo‘lim boshlig‘i o‘z xizmat faoliyati davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri Madaniyat vaziriga va vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
1.2. Bo‘lim boshlig‘i Xorijda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Bo‘lim faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
1.3. Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etadi, nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.
1.4. Bo‘lim boshlig‘ining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
-Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqish;
-Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros bo‘yicha tadbirlarni ko‘rish va nomoddiy madaniy meros muhofazasi masalalarida huquqiy himoya qilish bo‘yicha ko‘maklashish;
-o‘zbek san’atining barcha yo‘nalishlarida xalqaro va respublika miqyosidagi festivallar, ko‘rik-tanlovlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlarni va boshqa barcha davlat tadbirlarini o‘tkazishda qatnashish;
-xalqaro musiqa festivallari tashkilotlari bilan o‘zaro ijodiy hamkorlik qilish;
-o‘zbek milliy san’atini O‘zbekistonda va xorijda keng targ‘ib qilish hamda uning eng noyob namunalarini saqlab qolish, ularni kelajak yosh avlodga yetkazish hamda uni yanada ommalashtirish ishlarini olib borish;
-o‘zbek milliy san’atini, xalqaro va respublika miqyosidagi festivallarni, ko‘rik-tanlovlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini tashkil etish.
1.5. Bo‘lim boshlig‘i o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) Bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bo‘limga yuklatilgan vazifalarning to‘laqonli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Bo‘lim mas’ul xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi.
2) Xalq ijodiyoti va havaskorlik san’atini rivojlantirish, to‘garaklar salohiyatini ko‘tarish, badiiy havaskorlik jamoalarning doimiy faoliyatini tashkil etish, qobiliyatli ijodkorlarni badiiy jamoalarga jalb etish, ularni “Xalq” va “Namunali” havaskorlik jamoasi” unvoniga tavsiya etish, xorijda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalarni muvofiqlashtiradi.
3) Bo‘lim Nizomi va Ish rejasi asosida uning ish tarzi va uslublarini takomillashtirish, ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini belgilaydi va amalga oshiradi.
4) Vazirlikda amalda bo‘lgan tartib va yo‘riqnomalarga muvofiq Bo‘limda ish yuritishni tezkor, aniq va to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi.
III. Bo‘lim boshlig‘ining huquq va majburiyatlari
2.1. Bo‘lim boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
-Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros faoliyatining ahvoli, muammolarning sabablari, ularni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga vazirlikning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi doimiy ravishdagi axborot tayyorlaydi.
-Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlaydi va qayta ko‘rib chiqadi.
-Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy meros bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
-Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlikning boshqa bo‘limlari bilan zaruriy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda, ularning ijrosini tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etadi.
-Vazirlik Hay’ati va markaziy apparati, vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlar hamda kengashlarda, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalarni tayyorlashda va muhokama qilishda qatnashadi.
-Bo‘limdagi bo‘sh lavozimlarga nomzodlar yuzasidan hamda Bo‘limda faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish, shuningdek, mehnat va ijro intizomi qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash masalalari bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi.
-vazirlik tizimida vijdonan va halol ishlab kelayotgan madaniyat bo‘limlari xodimlarini mukofotlar bilan taqdirlash bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritish.
Bo‘lim boshlig‘i qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2.2. Bo‘lim boshlig‘i:
-muntazam ravishda yil yakunida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etadi.
-O‘zbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha har olti yilda YUNESKOga taqdim etiladigan hisobotlarini o‘rnatilgan tartibda tayyorlaydi.
-O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha “Milliy”, “Mahalliy”, “Zudlik bilan muhofaza ostiga olish” hamda YuNESKOning Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha ikkita ro‘yxati va reestriga tavsiya etish bo‘yicha ro‘yxatlarini yuritadi va tegishli ishlarni muvofiqlashtiradi.
-O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha 13 ta “Mahalliy” ro‘yxatlarning yuritilishini nazorat qiladi.
-YUNESKOning nomoddiy madaniy meros bo‘yicha ikkita ro‘yxati va bitta reestriga nomzodnoma hujjatlarini tayyorlashni tashkillashtiradi va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishini nazorat qiladi.
-O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi bo‘yicha “Milliy”, “Mahalliy”, “Zudlik bilan muhofaza ostiga olish” ro‘yxatlariga kiritilgan ob’ektlar holatini nazorat qilib boradi.
-xorijda madaniy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashadi va nazorat qiladi.
-Bo‘lim xodimlariga yuklatilgan vazifalarni muvofiqlashtirib boradi.
-rahbariyat topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi.
-Bo‘lim boshlig‘i qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-juma 9:00-18:00 gacha. Dam olish kuni shanba, yakshanba.