Boshliq / Boshliq
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Bo'linma mavjud emas |
| 💰 Maosh | 4 876 980 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Mutaxasislik talab etilmaydi |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-04 |
📋 Talablar
Oliy ma’lumotga ega;
mutaxassislik talab etilmaydi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
soha bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim;
davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi);
odob-axloq normalariga rioya etadigan;
davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi;
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi;
Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan;
soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi; doimiy ravishda malakasini
oshirganligi; kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi.
📌 Vazifalar
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish;
ish tartibi, ichki mehnat va ijro intizomi, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish;
Agentlik Nizomi va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish;
ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish;
ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda va doirada qoplash;
boshqa xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmaslik;
ish beruvchining tegishli topshirigʻiga muvofiq xizmat safariga chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
“Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 12 va 13-moddalarida belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari va davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga oid cheklovlarga rioya qilish;
tegishli yig‘ilishlarda, anjumanlarda, seminarlarda, ko‘rgazmalarda va boshqa tadbirlarda o‘rnatilgan tartibda Agentlik nomidan ishtirok etish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishini ta’minlash;
Agentlik tizimiga aloqador faoliyati bilan bog‘liq tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va davlat tilida ish yuritish qoidalariga to‘liq rioya qilish.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.