Boshliq / Boshliq
Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qadaqsin mfy O`zbekiston ko`chasi 5uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Boshqaruv apparati xodimlari |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, moliya-iqtisod, menejment (ijtimoiy soha) hamda harbiy taʻlim yoʻnalishini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega boʻlgan pedagoglar |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-02 |
📋 Talablar
Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), Kamida 5 yil shundan, 2 yil davlat boshqaruvi organlari yoki taʼlim sohasi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi, Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga oid qonunchilik hamda idoraviy va ichki lokal hujjatlardan, shuningdek, taʼlim standartlaridan xabardor boʻlishi; Qonunchilikka muvofiq Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar mavjud emasligi. Davlat fuqarolik hizmati to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq cheklovlar mavjud emasligi. Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi).
📌 Vazifalar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Taʻlim toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʻlim
va tarbiya toʻgʻrisida”gi hamda “Pedagog maqomi toʻgʻrisida” Qonuni asosida faoliyat koʻrsatadi;
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʻlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Maktabgacha taʻlim va
tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek taʻlim tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining qaror va buyruqlari ijrosini tuman (shahar) miqyosida
bajarilishini ta’minlaydi;
taʻlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʻlim starategiyasini ishlab
chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʻlim tizimini maktabgacha
va maktab xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʻminlaydi;
Maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab
chiqish va tasdiqlash uchun boshqarma boshligʻiga kiritadi;
ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib
boradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi boʻlimining Nizomiga muvofiq boʻlim
Hayʻat majlisiga rahbarlik qiladi;
maʻmuriy boshqaruv xodimlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining
faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʻlimi tizimida byudjet mablagʻlarini maqsadli
va toʻgʻri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlalashtirish ishlarini amalga oshiradi;
moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi;
Maktabgacha taʻlim tashkilotlari, umumtaʻlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktabinternatlarida va maxsus maktab-internatlarida davlat taʻlim standartlari va davlat talablarining
bajarilishini taʻminlaydi, shuningdek maktabdan tashqari taʻlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy
ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi
va nazorat qiladi;
taʻlim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi;
boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi;
boʻlim va taʻlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi;
yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish — jamiyat barqarorligi va sogʻlom avlodni
tarbiyalashda kompleks yondashuv zarur ishlarini tashkil etish;
bitiruvchilar bilan ishlash — taʻlim muassasalarini tamomlagan yoshlarni jamiyatga
muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash va ijtimoiy faolligini
oshirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
taʻlim tashkilotlari infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi kerak boʻlgan
ishlarni tashkil qiladi va nazorat qilib boradi;
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʻlim muassasalari faoliyatini tashkil etish
sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
taʻlim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida tuman (shahar)ning taʻlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib
boradi;
faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni
taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʻminlash.
maktabgacah hamda umumiy oʻrta taʻlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil
etadi;
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni taʻminlaydi;
oʻzining ish faoliyati yuzasidan bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat
Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasiga boʻysunadi;
boʻlim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi;
5. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
tuman (shahar) hokimligi va boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi.
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba. Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma, 08:00 dan 17:00 ga qadar