#
Aktiv
#

Boshliq / Boshliq

Surxondaryo viloyati Denov shahri Samarqand ko‘chasi – 70-uy

4 110 414 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Rahbariyat
💰 Maosh 4 110 414 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Pedagogika, psixologiya, yurisprudensiya, moliya-iqtisod, menejment (ijtimoiy soha) hamda harbiy taʻlim yoʻnalishini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega boʻlgan pedagoglar
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-04

📋 Talablar

Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga
egalik afzallik beradi)
Mehnat staji kamida 5 yil shundan, 2 yil davlat boshqaruvi organlari yoki taʼlim
sohasi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi lozim

📌 Vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya
to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida” Qonuni asosida faoliyat ko‘rsatadi;
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek ta’lim tizimiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qaror va buyruqlarini tuman (shahar) miqyosida bajarilishini muvofiqlashtiradi;
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, ta’lim starategiyasini ishlab
chiqish, uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, ta’lim tizimini maktabgacha
va maktab xo‘jaligining boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirishni ta’minlaydi;
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining yillik, yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab
chiqish va tasdiqlash uchun boshqarma boshlig‘iga kiritadi; ish rejada belgilangan tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining Nizomiga muvofiq bo‘lim
Hay’at majlisiga rahbarlik qiladi; ma’muriy boshqaruv xodimlari hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi tizimida byudjet mablag‘larini maqsadli
va to‘g‘ri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlalashtirish ishlarini amalga oshiradi;moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qo‘yadi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktabinternatlarida va maxsus maktab-internatlarida davlat ta’lim standartlari va davlat talablarining
bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy
ishlarida, moliyaviy va xo‘jalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi,
muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi
va nazorat qiladi;
ta’lim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi;
bo‘lim va ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi;
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish
sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
ta’lim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘z vakolati doirasida tuman (shahar)ning ta’lim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib
boradi;
faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lim xodimlari o‘rtasida funksional vazifalarni
taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.
maktabgacah hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil
etadi;
o‘zining ish faoliyati yuzasidan bevosita tuman (shahar) hokimligi hamda viloyat
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga bo‘ysunadi;
bo‘lim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi;
5. Bo‘lim boshlig‘i quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va me’yorlariga amal qilishi;
tuman (shahar) hokimligi va boshqarma boshlig‘i buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishni ta’minlashi;
bajarilgan ishlar to‘g‘risida Boshqarma boshlig‘i oldida hisobot berishi.

🕐 Ish sharoitlari

8.00 dan 17.00 ga qadar. Dam olish kunlari: Sanba, yakshanba

Google xarita

None