Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari / Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
100000, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Yirik davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va muvofiqlashgan harakatni ta’minlash boshqarmasi |
| 💰 Maosh | 4 450 792 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot, moliya yoki menejment yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-09-04 |
📋 Talablar
1.Iqtisodiyot, moliya yoki menejment yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura yoki ilmiy darajaga ega boʻlish afzallik beradi).
2.Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlishi, shundan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida mutaxassisligi boʻyicha kamida 2 yil ishlagan boʻlishi.
3.“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunlar, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlaridan toʻliq xabardor boʻlishi.
4.Normativ-huquqiy va ichki xujjatlar loyihalarini tayyorlay olish.
5.Strategik va tahliliy fikr yurita olish, qarorlarni tez qabul qila olish hamda ularni bajara olish.
6.Davlat tilini bilish.
7. Ingliz va rus tillarini o’rta darajada bilish (boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi).
8.Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi.
9. Microsoft Office dasturi ((Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi.
📌 Vazifalar
1.Davlat aktivlarini ochiq va shaffof xususiylashtirish orqali ularning iqtisodiyotdagi ulushini muttasil qisqartirib borish.
2.Davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish.
3.Davaktiv agentligiga xususiylashtirish masalasida kelishish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etish.
4.Xususiylashtirish tartib-taomillarini soddalashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
5.Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat koʻchmas mulki negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ularni begonalashtirishga oid kelishuvlari (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha xulosa taqdim etish.
6.Vazifa va topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilishni amalga oshirish.
7.Tegishliligi boʻyicha chiqish hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni imzolash, xat loyihalarini boshqarma boshligʻiga kiritish.
8.Davaktiv agentligi rahbariyati, departament va boshqarma boshligʻining koʻrsatmalari va topshiriqlarini bajarishda Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro hamkorlik qilish.
9.Fuqaro va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan kirish hujjatlari, xatlar, murojaatlar, arizalar va shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda amaldagi qonunchilik doirasida ijrosini taʼminlash.
10.Mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, Ichki tartib-rejim
va Ichki mehnat tartibi qoidalariga qatiy rioya qilish.
🕐 Ish sharoitlari
dushanbadan - jumagacha, 09:00 dan 18:00 gacha