#
Aktiv
#

Boshqarma boshlig'i o'rinbosari-sho'ba mudiri / Boshqarma boshlig'i o'rinbosari-sho'ba mudiri

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishini monitoring qilish sho'basi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Ijtimoiy ish, psixologiya, yuridik, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy va moliyaviy yo‘nalishlar (ijtimoiy ish, psixologiya, yurisprudensiya, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlariga ustuvorlik beriladi).
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Ha (ichki)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-02

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka, Davlat boshqaruv akademiyasi 2 yillik magistraturasini tamomlagan xodimlarga ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish sohalarda, davlat boshqaruv organlari tizimida yoki o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kamida 5 yil mehnat tajribasiga ega bo‘lishi (shundan 3 yil boshqaruv lavozimlarida, 1 yil Agentlik tizim tashkilotlarida). Xorijiy, xususan rus, ingliz yoki boshqa kamida bitta chet tilini mukammal darajada bilishi (milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Davlat xizmatlari, ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida ish tashkil etishi, talabchan va tashabbuskor bo‘lishi.
Ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or nazariy bilimlarga ega bo‘lish. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda amaliyot standartlari va zamonaviy yondashuvlarni bilish.
Ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish.
Inqirozli holatlarga oid maslahatlar (konsultatsiya) berish ko‘nikmalari. Shaxsning ruhiy holatidan xabardor bo‘lish va kasbiy toliqish (kasbiy kuyish sindromi) oldini olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Jamoani boshqarish, yo‘naltirish va xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish ehtiyojlarini aniqlash, idoralararo hamkorlikni tashkil etish va yuritish hamda mas’uliyatli bo‘lishi.
Vaziyatni boshqarish, monitoring va tahlil qilish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish dasturlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini va qayta-ko‘rib chiqish zaruriyatlarini kuzatish).
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), elektron ma’lumotlar bazalari, zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi.

📌 Vazifalar

- ijtimoiy ish va ijtimoiy ish metodologiyasini bilish;
- ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzerlarni rotatsiya qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- joylarda ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatini tashkil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- ijtimoiy xodimning asosiy vazifasi va funksiyasini bilishi;
- “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan xabardor bo‘lishi;
- bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchilarning faoliyatidan xabardor bo‘lishi;
-tahliliy materiallar hamda jadvallar bilan ishlashni bilish;
- ijtimoiy ish sohasida normativ-huquqiy hujjat loyihalarni ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo‘lishi;
- ijtimoiy xodim, bosh ijtimoiy xodim, supervayzer, psixolog va huquqiy masalalar bo‘yicha ekspert maslahatchi faoliyatini metodik ta’minlash usullarini bilish.

🕐 Ish sharoitlari

5 kunlik ish kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None