Bunyodkor MFY Yoshlar yetakchisi / Bunyodkor MFY Yoshlar yetakchisi
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Yoshlar yetakchilari |
| 💰 Maosh | 3 000 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #19 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha |
| ⏳ Ish tajribasi | Talab etilmaydi |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
1)O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi; 2) Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olishi 3) oliy ma’lumotga ega (xorijiy oliy ma’lumot ustunlik beradi); 4) davlat tilini mukammal darajada biladi (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi); 5) yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan; 6) odob-ahloq normalariga rioya etadi; 7) oxirgi uch yil davomida davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda bo‘shatilmagan. 8) Madaniyat va sanat mutaxassisliklariga ega bo‘lgan shahslarga ustunlik beriladi; 9) davlat fuqarolik xizmatiga doir qonun hujjatlarini qo‘llash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan; 10) Windows amallari, dasturlar bo‘yicha mukammal bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi 11) Tashkilotchi va ommaviy tadbirlarga odamlarni jalb qila oladigan qobiliyaga ega bo‘lishi. 12)Zamonaviy raqamli vositalarni ishlata olish qobiliyatiga ega bo‘lishi
📌 Vazifalar
1.Aholining madaniy ehtiyojlarini o‘rganadi va madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar xususiyatga ega bo‘lgan xilma-xil xizmatlarni tashkil etadi, xalq ijodiyoti va havaskorlik san’ati, badiiy ijod, amaliy va tasviriy san’at bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratadi. 2. Madaniyat bo‘limida O‘zbekistonning nomoddiy madaniy meros ob’yektlari va namunalarini saqlab qolish va ko‘paytirish, zamonaviy studiyalar va to‘garaklar, shuningdek badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish yo‘li bilan badiiy ijod va amaliy san’atni rivojlantiradi. 3. Madaniyat bo‘limi faoliyatiga zamon talablari asosida yangicha yondashib, zamonaviy yo‘nalishlarni, shakl va usullarni joriy etadi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni badiiy jihatdan yuqori saviyada tashkil etadi, bu borada, aholining qiziqishlarini ularning etnik, toponimik xususiyatlari, milliy tarkibi, yoshi jihatidan tabaqalanishini puxta o‘rgangan holda olib boradi. 4. Madaniyat bo‘limi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi. Madaniyat bo‘limi xodimlarini to‘g‘ri tanlab, ularning qobiliyati va iqtidori, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda xizmat vazifalarini taqsimlaydi. 5. Yillik, chorak va oylik ish rejalarini puxta ishlab chiqib, ularning ijrosini ta’minlaydi va muntazam ravishda hisobotlarni olib boradi, bajarilgan ishlar haqida madaniyat boshqarmasiga o‘z vaqtida axborot va hisobotlar berib borilishini ta’minlaydi. 6. O‘zi rahbarlik qilayotgan markazlarda ichki mehnat tartibini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda joriy etadi, xodimlardan mehnat va ijro intizomiga rioya qilishlarini talab qiladi, shuningdek, lavozim yo‘riqnomasiga amal qilinishiga erishish, texnika va yong‘in xavfsizligi, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi. 7. Madaniyat bo‘limi va Markazlar xodimlariga ishlash uchun sharoit yaratib berish, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, jamoa o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni keng yo‘lga qo‘yish orqali sog‘lom muhitni yaratadi. 8. Madaniyat bo‘limning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tashkil etadi, bino, xizmat, to‘garak xonalari, tomosha zali, mavjud buyumlar, jihozlar, sahna kiyimlari va musiqa asboblari, texnik vositalardan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, ularning butligi, yaroqliligini ta’minlaydi. Markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini amalga oshiradi. 9. Markazning mahallalar, qishloq fuqorolar yig‘ini, xo‘jaliklar, tashkilot va muassasalar, uyushma va jamg‘armalar bilan aloqa va hamkorligini amalga oshiradi, o‘rnatilgan tartibda va qonunchilik asosida pullik hizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzadi, jamoatchilikni Markazlarga jalb etadi. 10. Madaniyat bo‘limining metodik hamda badiiy kengashlarini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, mutasaddi sifatida muassasani talab darajasida boshqaradi. 11.Madaniyat bo‘limi faoliyatini amalga oshirish maqsadida ajratilgan pul mablag‘lari va moddiy-texnik vositalaridan, tovar-moddiy boyliklari, bino va bino maydonidan to‘g‘ri foydalanish va ularni o‘rnatilgan tartibda saqlanishini ta’minlaydi. Markazlar joylashgan binoda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bezash ishlarini amalga oshirilishini yo‘lga qo‘yadi, uni badiiy-estetik, ma’naviy ozuqa oladigan maskanlarga aylantiradi. 12. Ommaviy axborot vositalari orqali Madaniyat bo‘limi faoliyatini yoritadi, targ‘ib etadi. Shu mahalla hududida istiqomat qiluvchi, 35 yoshdan oshmagan fuqaro ustunlik qila oladi.
🕐 Ish sharoitlari
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha