Darveshi MFY Hokim yordamchisi / Darveshi MFY Hokim yordamchisi
BUXORO VILOYATI, JONDOR TUMANI, M.TOROBIY KO'CHASI, 26-UY
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Jondor tuman mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi |
| 💰 Maosh | Kelishilgan holda |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim |
| ⏳ Ish tajribasi | 5 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-03 |
📋 Talablar
1. Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyati, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tarqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 2. Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim. 3. Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investisiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investisiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘’ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. 4. Nomzodlarning intiluvchanligi, maqsadga yo’nalganligi, qobiliyati, tajribasi kabilarni inobatga olgan holda rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 5. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. 6. Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investisiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar. Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar). 7. 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to’g’risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28 moddasida keltirilgan talablar.
📌 Vazifalar
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
🕐 Ish sharoitlari
Dushanba-Juma 09.00 dan 18.00 gacha