Davlat mehnat huquq inspektori / Davlat mehnat huquq inspektori
Sirdaryo viloyati Guliston shahar “Taraqqiyot” mahallasi Xondamir ko‘chasi 49-uy (Guliston Kasbiy ko‘nikmalar markazi)
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Davlat mehnat inspeksiyasi |
| 💰 Maosh | 4 020 733 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Yurisprudensiya. |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-03-04 |
📋 Talablar
Inspektor lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, yuqori malakali mutaxassislar tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
📌 Vazifalar
Inspektor quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish, hisobotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash;
Faoliyat samaradorligini oshirish, kasbiy bilim va malakasini takomillashtirish ustida doimiy ishlash;
Ish beruvchining va Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining qonuniy topshiriqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarish;
Lavozimiga koʻra biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish;
Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish; boʻlimning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
Boʻlimga murojaat qilgan fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
Korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish;
Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar, axborotlarni sir saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va boʻlimga tegishli boʻlgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash;
Hisobot va axborotlarning belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga tegishligi boʻyicha berilishini taʼminlash;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga oʻz vaqtida va sifatli javob berilishini taʼminlash;
O‘zi tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy jarimalar, xulosalar, maslahatlar va boshqa huquqni qo‘llash amaliyotining qonuniyligi va to‘g‘riligi ta’minlash;
O‘zi tomonidan amalga oshirilayotgan huquqni qo‘llash amaliyoti qonunchilikda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq yuritish;
Lavozimdan ozod etilgan hollarda ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar va foydalanishdagi moddiy boyliklarning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida yangidan tayinlangan xodim yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirish;
Inspektor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.