Davlat mehnat huquq inspektori / Davlat mehnat huquq inspektori
Қува туман Қайқуббод кўчаси 244-А-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | |
| 💰 Maosh | 4 050 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Yurisprudensiya, huquqshunos |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-04-22 |
📋 Talablar
Davlat mehnat inspektoriga oliy yuridik ma’lumotga va mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yillik mehnat stajiga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
📌 Vazifalar
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Bandlik boshqarmasi buyruqlari va topshiriqlari, Hay’at yig‘ilishi qarorlari ijrosini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash; - O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Prezident huzurida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlarida belgilangan topshiriqlarning to‘liq va o‘z vaqtida bajarish hamda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi asosli ma’lumotlarni “ijro.gov.uz” tizimiga kiritish; - jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlash; - o‘rnatilgan tartibda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashga qat’iy rioya qilish; - biriktirilgan jihozlar va boshqa moddiy boyliklarni soz va but saqlash, shuningdek, biriktirilgan kompyuter texnikalaridan axborot xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda faqat xizmat vazifalarini bajarish maqsadida foydalanish; - mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnatni muhofaza qilish talablari, texnologiya intizomi, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari, mehnat intizomiga rioya qilish va belgilangan mehnat normalarini bajarish; - oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish; - boshqarmaga murojaat qilgan fuqarolarga xushmuomalalik bilan muomalada boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik; - xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa cheklangan maʼlumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan gʻarazli va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik; - boshqarmaning ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlar talablariga rioya qilish; - o‘zining funksional vazifalarini bajarishda kasbiy madaniyatga rioya qilish; - jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish; - davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik; - murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish; - halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi; - mehnat jamoasida hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.
🕐 Ish sharoitlari
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha