Davlat soliq bosh inspektori / Davlat soliq bosh inspektori
Andijon viloyati Andijon shahar Oltinko’l ko’chasi 1-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi |
| 💰 Maosh | 6 200 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy maʼlumot, kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha maʼlumotga ega bo‘lishi |
| ⏳ Ish tajribasi | 4 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-27 |
📋 Talablar
Oliy maʼlumot, kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiyot sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha maʼlumotga ega bo‘lishi, Jismoniy shaxslar, korxonalar va alohida tarmoqlarga soliq solish va ularning moliyaviy faoliyatini tahlil qilish sohasida zarur bilimlarga ega bo‘lishi, kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Yexsel va Power Point dasturlarida ishlay olishi, soliq xizmati idoralarida kamida 3-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi talab etiladi Nomzodlarning xorijiy tillarni bilishi tanlov jarayonida ustunlikga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan, jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’iy nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno), belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 2 va 3-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar davlat soliq xizmati organlariga xizmatga qabul qilinmaydilar.
📌 Vazifalar
1)Xizmat vazifalarini vijdonan bajarish; 2) Mehnat intizomiga rioya qilish, ish beruvchining qonun doirasidagi topshiriqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida hamda aniq bajarish; 3) Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish; 4) Mehnat jamoasining a’zolari, ish jarayonida aloqa qiladigan boshqa shaxslar bilan xushfe’l munosabatda bo‘lish va odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
5) Belgilangan lavozim yo‘riqnomasi asosida majburiyatlarni bajarish.
🕐 Ish sharoitlari
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha