#
Aktiv
#

departament boshlig‘i / departament boshlig‘i

Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Raqamli texnologiyalarni muvofiqlashtirish departamenti
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Axborot texnologiyalari
⏳ Ish tajribasi 5 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-03-03

📋 Talablar

1. Axborot texnologiyalari yoʻnalishlaridagi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʻlumotga ega boʻlish (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
2. Axborot texnologiyalari sohasida kamida 5 (besh) yillik, shundan respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlarida 2 (ikki) yillik rahbarlik ish stajiga ega boʻlish;
3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid meʻyoriy-huquqiy hujjatlarni tushunish;
4. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʻuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlish;
5. Iqtisodiyot va davlat moliyasini boshqarish tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
6. Iqtisodiyot va davlat moliyasini boshqarish tizimiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish;
7. Raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tadqiqot olib borish, jumladan xorijiy mamlakatlar tajribalarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va amaliyotga joriy qilish;
8. Raqamli texnologiyalarni joriy qilishga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
9. Dasturiy mahsulotlarni joriy etish va takomillashtirish boʻyicha shuningdek, tarkibiy tuzilmalar tomonidan taqdim etilgan biznes talablar asosida texnik topshiriqlarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
10. Axborot tehnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha amaliyotda zarur barcha tizimlardan erkin foydala olish koʻnikmasiga ega boʻlish;

📌 Vazifalar

1. Raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
2. Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli biznes jarayonlarni optimallashtirish va raqamlashtirish masalalari bilan shugʻullanadi;
3. Vazirlik tizimida raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvni takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari spektrini kengaytirishni taʼminlaydi;
4. Texnik topshiriqlar asosida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda tegishli biznes jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
5. Vazirlik tizimi faoliyatida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
6. Axborot tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan shakllangan loyihalarning yillik ish rejasini masʻul tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda tayyorlaydi va vazirlik rahbariyatiga maʻlumot kiritadi;
7. Axborot tizimlarini ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan yillik ish rejalarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshiradi;
8. Vazirlik tizimida sunʻiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
9. Vazirlikda joriy etilayotgan sunʻiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
10. Vazirlik xodimlari uchun sunʻiy intellektdan samarali, xavfsiz va masʻuliyatli foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari, treninglar va amaliy mashgʻulotlar tashkil etadi;
11. Sunʻiy intellekt texnologiyalarini joriy etishda axborot xavfsizligi, shaxsiy maʻlumotlarni himoya qilish hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
12. Sunʻiy intellektdan foydalanish boʻyicha yagona yondashuv va tavsiyalarni ishlab chiqadi hamda vazirlik tizimida ularning qoʻllanilishini muvofiqlashtiradi.
13. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish tizimi tajribasini oʻrganish asosida Vazirlikda biznes jarayonlarni raqamlashtirishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
14. Ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrgangan holda, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish maqsadida elektron axborot va interaktiv xizmatlar koʻlamini kengaytirish boʻyicha Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim qilingan takliflarni oʻrganadi;
15. Raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish yoʻnalishida xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qiladi;
16. Vazirlik tizimidagi tuzilmalar faoliyatidagi biznes va maʼmuriy jarayonlarning biznes tahlilini oʻtkazish, baholash, ularni raqamlashtirish texnik hujjatlarini tayyorlash va loyihalarini ishlab chiqish hamda joriy etish doirasida ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
17. Vazirlikda raqamlashtirish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun xorijiy davlatlar tajribasini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
18. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

🕐 Ish sharoitlari

09:00 dan 18:00 gacha

Google xarita

None