direktori o‘rinbosari / direktori o‘rinbosari
Сурхондарё вилояти Термиз шаҳар Навбахор кўчаси 28-А-уй
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Denov tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi |
| 💰 Maosh | 7 670 000 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi). Ijtimoiy ish, biznes, boshqaruv va huquq, sog‘liqni saqlash ta’lim, gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar va jurnalistika yo‘nalishlarini tamomlagan nomzodlar. |
| ⏳ Ish tajribasi | 2 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-02-28 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasining davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi 2022 yil 8 avgustdagi O‘RQ-788 son Qonuni 13 moddasida belgilangan Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlardan xabardor bo‘lishi va unga qattiy amal qilishi kerak
📌 Vazifalar
Qo‘shimcha talablar: – aholiga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish nazariy yondashuvlari bo‘yicha bazaviy bilimlarga ega bo‘lish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qo‘llay olish ko‘nikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa o‘rnatish ko‘nikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, mas’uliyatli bo‘lish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo‘lish; – vaziyatni boshqarish ko‘nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko‘rib chiqish). Qonunchilikda belgilangan cheklovlar: – o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; – sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; – ruhiy asab kasalliklari va narkologiya dispanseridan hisobda turgan shaxslar; – sudning qarori bilan muayyan muddatga qonunchilikda belgilangan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; – og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; – tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar.
🕐 Ish sharoitlari
08:00 dan 17:00 gacha