#
Aktiv
#

EKG shifokori / EKG shifokori

3 265 185 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.03.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Bo‘linma mavjud emas
💰 Maosh 3 265 185 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #10
🏷️ Yo'nalish / surcharge funksional diagnostika
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2025-08-09

📋 Talablar

1. Biriktirilgan axolining muassasada va uyda ko‘riklarini amalga oshirish;
2. Aholini va surunkali kasalliklari bor bemorlarni oila shifokori yo‘llanmasiga binoan funksional diagnostika tekshiruvlaridan o‘tqazish;
3. Kasalliklarni o‘z vaqtida diagnostika qilish va shifokorlar bilan birgalikda tashxis qo‘yish;
4. Onkologik va ichki organlar kasalliklarini erta aniqlash va shifokorlarga yuborish;
5. O‘z vaqtida aniqlanmagan va kasalliklarning og‘ir darajasida aniqlangan bemorlarni kasallik tarixlarinin tahlillarida faol qatnashish;
6. Faoliyat natijalari yuzasidan tasdiqlangan tibbiy hisob va hisobot xujjatlarini yuritish va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Funksional diagnostika shifokorning xuquqlari quyidagilardan iborat
1. Muassasa rahbari va yuqori turuvchi sog‘likni saqlash boshqaruv va boshqa manfaatdor idoralarga biriktirilgan aholiga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
2. Tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, Funksional diagnostika shifokorining faoliyati maqsad va vazifalariga tegishli bo‘lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish;
3. O‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustaqil o‘qish sog‘liqni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qiska muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yuli bilan takomillashtirish;
4. O‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o‘tish;
5.Boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish;

📌 Vazifalar

Funksional diagnostika xonasi shifokori lavozimiga oliy tibbiy ma’lumotiga ega bo‘lgan, “Funksional diagnostika shifokori ” ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs tayinlanadi.
2. Funksional diagnostika shifokori bosh shifokor tomonidan ishga tayinlanadi, bo‘shatiladi, ish faoliyati bo‘yicha bo‘ysunadi.
3. Funksional diagnostika shifokori o‘z ishida amaldagi qonun hujjatlariga, Sog‘liqni saqlash vazirligining, sog‘liqni saqlash mahalliy boshqaruv organlarining buyruqlari hamda farmoyishlariga va mazkur yo‘riqnomaga asoslanadi.

🕐 Ish sharoitlari

tasdiqlangan ish jadvali

Google xarita

None