#
Aktiv
#

Epidemiolog / Epidemiolog

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 07.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Ташкиллаштириш булими
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 0.5 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Tibbiy-profilaktika ishi, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya yo'nalishi
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-03

📋 Talablar

Oliy ma’lumotli;
Tibbiy-profilaktika ishi, sanitariya-gigiyena va epidemiologiya yo‘nalishi mutaxassisligini tamomlagan;
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 1 yil ish stajiga ega;
Oxirgi 5 yil ichida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan muassasalarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqidagi amaldagi sertifikatga ega;
O‘zbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi Qonuni va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi;
Yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar rejasini tuzish va ularni amalga oshirish qoidalarini bilishi;
Epidemiologik surishtiruv ishlarini olib borish va kasallik o‘choqlarini zararsizlantirish tartibini bilishi;
Sanepidxizmatga oid hisobot va hujjatlarni yuritish, Microsoft Office (Word, Excel) dasturlarida ishlash hamda maxsus elektron tizimlardan foydalana olish;
Dezinfeksiya, dezinsektsiya va deratizatsiya tadbirlarini o‘tkazish tartibini bilishi;
Epidemiyaga qarshi dezinfeksiya va sterilizatsiya rejimlari qoidalarini mukammal bilishi;
Shifoxona ichki infeksiyalarining (bemorlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasida) oldini olish hamda ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni bilishi;
Bemorlar hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida gemokontakt (qon orqali yuquvchi) infeksiyalar profilaktikasi qoidalarini bilishi;
Muassasa xodimlarining har yili belgilangan tartibda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini nazorat qila olishi;
SanPIN 0342-17 (Shifoxona ichki infeksiyalari profilaktikasi bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalari) talablarini mukammal bilishi;
Infeksion nazorat komissiyasi (INK) faoliyatini tashkil etish va uning ish hujjatlarini yuritish tartibini bilishi;
SanPIN 0317-15 (Tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari va normalari) talablarini hamda tibbiy chiqindilarni saralash tartibini bilishi;
Dezinfeksiyalovchi vositalarning ehtiyojini to‘g‘ri taqsimlash, sarflanishini hisobga olish va amalda to‘g‘ri qo‘llanilishini qat’iy nazorat qila olishi.

📌 Vazifalar

Lavozim yo'riqnomasiga muvofiq

🕐 Ish sharoitlari

dushanba-juma (09:00 dan 13:00 gacha)

Google xarita

None