#
Aktiv
#

Etakchi mutaxassis / Etakchi mutaxassis

Қарши шхар Хонобод Шох кўчаси, 28-уй

Kelishilgan holda / Oylik maosh
Tugash sanasi: 08.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish bo'limi
💰 Maosh Kelishilgan holda
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge tibbiyot, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, jamoat salomatligi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha
⏳ Ish tajribasi 1 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-04

📋 Talablar

Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (tibbiyot, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish, jamoat salomatligi yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha);
Sog‘liqni saqlash tizimida kamida 1 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarini bilishi va amaliyotda qo‘llay olishi;
Davlat tilini mukammal bilishi, xizmat hujjatlarini tayyorlash va yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Kompyuter savodxonligi, Microsoft Office dasturlari va elektron axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.

📌 Vazifalar

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;
Oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va mahalla tibbiyot punktlari faoliyatini tahlil qilish hamda uslubiy yordam ko‘rsatish;
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va dasturlar ijrosini nazorat qilish;
Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish, takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Birlamchi bo‘g‘in muassasalari faoliyatiga oid statistik va tahliliy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish hamda hisobotlar tayyorlash;
Sog‘liqni saqlash sohasiga oid Prezident farmonlari, qarorlari, Hukumat qarorlari va vazirlik topshiriqlari ijrosini ta’minlash;
Hududiy tibbiyot muassasalarida o‘rganishlar o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash;
Rahbariyat topshirig‘iga asosan xizmat faoliyatiga oid boshqa vazifalarni bajarish.

🕐 Ish sharoitlari

5 ish kuni 9 dan 18;00 gacha

Google xarita

None