#
Aktiv
#

уetakchi mutaxassisi / уetakchi mutaxassisi

Toshkent shahri, Yunusobod tumani A.Temur shox ko‘chasi 107B-uy

4 559 293 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 06.09.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo'limi
💰 Maosh 4 559 293 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Oliy muhandislik / texnologik ma'lumot
🏷️ Yo'nalish / surcharge Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi) Iqtisod, investitsiya, turizm, yuridik, madaniyat va san’at yo‘nalishlari (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi).
⏳ Ish tajribasi 2 yil
🔒 Ichki konkurs Ha (ichki)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-09-02

📋 Talablar

Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonundan to‘liq xabardor bo‘lishi; Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi); Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.

📌 Vazifalar

1. Yetakchi mutaxassis bo‘lim boshlig‘i rahbarligi ostida ish olib boradi. 2. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlaydi. 3. O‘ziga yuklatilgan funksional vazifaga javob beradi. 4. Vazirlikning Ichki mehnat tartib qoidalari, Bo‘limning Nizomi, vazir tomonidan tasdiqlangan ish (vazifalar) taqsimoti va mazkur lavozim yo‘riqnomasiga so‘zsiz amal qiladi. 5. Bo‘lim yetakchi mutaxassisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi monitoringi holati yuzasidan berilgan axborot asosida ijrosi nazoratga olingan hujjatlar bajarilishini va murojaatlarning ko‘rib chiqilishini o‘rnatilgan muddatlarda ta’minlash bo‘yicha mutassaddi xodimlar bilan birgalikda zaruriy amaliy chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish; Vazirlik tasarrufidagi muassasalarning investitsiyalarni jalb qilish, madaniy turizmni rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasiga oid ishlarini muvofiqlashtirish; 6. Bo‘lim yetakchi mutaxassisi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 1) madaniyat va san’at sohasida investitsiyalar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida berilgan madaniyat va san’at ob’ektlari, shuningdek, tegishli tizim tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi; 2) faoliyat turidan kelib chiqib, muntazam ravishda yil yakunida madaniyat va san’at sohasida investitsiyalarni jalb qilish, madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni Madaniyat vazirligining Strategik rejalashtirish va axborot-tahlil bo‘limiga umumlashtirish uchun taqdim etadi; 3) madaniyat va san’at sohasida jalb qilingan investitsiyalar hamda davlat-xususiy sheriklik asosida berilgan davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yuzaga kelgan mavjud muammolarning sabablari va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga davlat-xususiy sherlik asosida amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot tayyorlaydi. 4) bo‘limning vakolatiga kiradigan boshqa masalalar bo‘yicha investitsiyalarni jalb qilish, madaniyat va san’atni rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasida faoliyat yuritadigan tashkilot va muassasalar hamda tegishli tizim tashkilotlar bilan yozma aloqalar o‘rnatadi; 5) bo‘limning vakolati doirasida fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi; 6) bo‘limning samarali faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan bo‘lim boshlig‘iga takliflar kiritadi; 7) bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi; 8) bo‘limga kelgan hujjatlar va murojaatlarni ko‘rib chiqadi, asosli javblarni tayyorlaydi va yuboradi; 9) madaniyat va san’at sohasida investitsiyalarni jalb qilish, madaniyat va san’at hamda davlat-xususiy sheriklik sohasini rivojlantirish, takomillashtirish borasida tavsiyalar va aniq takliflar tayyorlaydi; 10) joylarda bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘rganishlarni tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularda ishtirok etadi hamda amaliy yordam ko‘rsatadi; 11) bo‘limning ish rejasi va taqvim rejasi loyihalarini ishlab chiqadi; 12) madaniyat vaziri va uning o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshlig‘i topshirig‘iga asosan xizmat safarlariga boradi. 13) jamoa va mehnat shartnomalari, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari talablariga rioya qiladi. 14) bo‘lim boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi, ish davomida yozuv qog‘ozidan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanadi. 15) o‘z bilimlarini doimo takomillashtirib, sohaga oid qabul qilinayotgan yangi me’yoriy-huquqiy xujjatlar talablarini o‘rganib boradi; 16) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.

🕐 Ish sharoitlari

Dushanba-juma 9:00-18:00 gacha. Dam olish kuni shanba, yakshanba.

Google xarita

None