Farg'ona tuman Gulshan va Dehqonobod mfy Xotin-qizlar faoli / Farg'ona tuman Gulshan va Dehqonobod mfy Xotin-qizlar faoli
Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Vodil mahalla fuqarolar yig'ini Marg'ilon ko'chasi 1-uy
Ish haqida:
🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish
| 🏢 Tashkilot tuzilmasi | Mahalallalardagi xotin-qizlar faollari |
| 💰 Maosh | 4 156 400 so'm |
| 📊 Stavka | 1.0 stavka |
| 🎓 Ta'lim darajasi | Daraja #6 |
| 🏷️ Yo'nalish / surcharge | Mutaxassilik talab etilmaydi. |
| ⏳ Ish tajribasi | 3 yil |
| 🔒 Ichki konkurs | Yo'q (tashqi) |
| ♿ Nogironlar uchun | Yo'q |
| 🎓 Ilmiy daraja | Yo'q |
| 📅 E'lon sanasi | 2026-10-19 |
📋 Talablar
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, ayniqsa xotin-qizlar huquqlari, oila, mahalla va ijtimoiy himoya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi; Davlat tilini mukammal bilishi; Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Word, Excel, internet va elektron platformalar bilan ishlash); Fuqarolar bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hujjatlar yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Muomala madaniyati, tashkilotchilik va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi; Ma’naviy-axloqiy fazilatlari namunali bo‘lishi.
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talab:; Oliy ma’lumot (pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, ijtimoiy ish, davlat boshqaruvi yo‘nalishlari).
Istisno tariqasida sohadagi tajribasidan kelib chiqib tugallanmagan oliy.
Ish tajribasi: Mahalla tizimi, ta’lim, ijtimoiy soha yoki davlat tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; Xotin-qizlar, yoshlar yoki oilalar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
Asosiy vazifalarni bajarish uchun zarur ko‘nikmalar: Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va yechim topish; Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash; Profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish; Bandlik, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalarida ko‘maklashish; Hisobot va ma’lumotlarni tayyorlash.
📌 Vazifalar
Lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib.
🕐 Ish sharoitlari
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti soat 09-00 dan 18-00 gacha