#
Aktiv
#

Farg‘ona tumani Vaziyo va Gulpiyon mfy xotin-qizlar faoli / Farg‘ona tumani Vaziyo va Gulpiyon mfy xotin-qizlar faoli

Farg'ona viloyati Farg'ona tumani Vodil mahalla fuqarolar yig'ini Marg'ilon ko'chasi 1-uy

4 156 400 so'm / Oylik maosh
Tugash sanasi: 23.10.2026

Ish haqida:

🔗 vacancy.gov.uz da koʻrish va ariza topshirish

🏢 Tashkilot tuzilmasi Mahalallalardagi xotin-qizlar faollari
💰 Maosh 4 156 400 so'm
📊 Stavka 1.0 stavka
🎓 Ta'lim darajasi Daraja #6
🏷️ Yo'nalish / surcharge Mutaxassilik talab etilmaydi.
⏳ Ish tajribasi 3 yil
🔒 Ichki konkurs Yo'q (tashqi)
♿ Nogironlar uchun Yo'q
🎓 Ilmiy daraja Yo'q
📅 E'lon sanasi 2026-10-19

📋 Talablar

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, ayniqsa xotin-qizlar huquqlari, oila, mahalla va ijtimoiy himoya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi; Davlat tilini mukammal bilishi; Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Word, Excel, internet va elektron platformalar bilan ishlash); Fuqarolar bilan ishlash, murojaatlarni ko‘rib chiqish va hujjatlar yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; Muomala madaniyati, tashkilotchilik va jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi; Ma’naviy-axloqiy fazilatlari namunali bo‘lishi.
Ma’lumotiga qo‘yiladigan talab:; Oliy ma’lumot (pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik, ijtimoiy ish, davlat boshqaruvi yo‘nalishlari).
Istisno tariqasida sohadagi tajribasidan kelib chiqib tugallanmagan oliy.
Ish tajribasi: Mahalla tizimi, ta’lim, ijtimoiy soha yoki davlat tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; Xotin-qizlar, yoshlar yoki oilalar bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
Asosiy vazifalarni bajarish uchun zarur ko‘nikmalar: Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va yechim topish; Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash; Profilaktik va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish; Bandlik, tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalarida ko‘maklashish; Hisobot va ma’lumotlarni tayyorlash.

📌 Vazifalar

Lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib.

🕐 Ish sharoitlari

dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti soat 09-00 dan 18-00 gacha

Google xarita

None