Ğijduvon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi / Ijtimoiy tölovlar şöbasi boş mutaxassisi
Buxoro şahar, Hofiz Taniş Buxoriy köçasi
Iş haqida:
MALAKAVIY TALABLAR
Ma’lumoti: Oliy ma’lumotga ega bölişi (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega şaxslarga mos ravişda ustuvorlik beriladi). Mutaxassislik: Ijtimoiy iş, iqtisodiy, moliyaviy yoki axborot texnologiyalari yönalişidagi mutaxassisliklar. Mehnat iş staji: Moliya-iqtisod va ijtimoiy yönalişda kamida 2 yil umumiy iş staji iş stajiga ega bölişi (Pensiya jamğarmasi tizimida işlagan şaxslarga ustuvorlik beriladi). Xorijiy tilni biliş darajasi: Rus tili yoki ingliz tilini biliş, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega şaxslarga mos ravişda ustuvorlik beriladi. Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmoğida mustaqil foydalanuvçi sifatida turli iş dasturlari bilan işlaş böyiça yetarli könikmaga ega bölişi. Qöşimça talablar Aholiga ijtimoiy xizmat va yordam körsatiş borasida qonunçilik hujjatlari, soha böyiça normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etiş usullarini bilişi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondaşişi, doimiy ravişda malakasini oşiriş; kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam, yoşga doir, nogironlik, boquvçisini yöqotganlik, nogironligi bölgan bolalarga nafaqalar, ozodlikdan mahrum etiş jazosini ötab bölgan fuqarolarning ijtimoiy moslaşuviga kömaklaşiş böyiça “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni hamda Ijtimoiy suğurta jamğarmasidan homiladorlik va tuğiş nafaqasini tayinlaş tartibini bilişiga ustuvorlik beriladi; ijtimoiy nafaqa tölovlariga oid jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş; professional axloqiy tamoyillarini qöllay oliş könikmalari, muomala madaniyati, nafaqa oluvçi va ariza beruvçi şaxslar bilan amaliy işlaş va aloqa örnatiş könikmalarini namoyiş etiş; şaxslararo munosabatlarni taşkil etiş könikmalariga ega böliş (turli yoşdagi va holatdagi şaxslar bilan); jamoada işlaş qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borişi, mas’uliyatli böliş; ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangiça işlaş uslublaridan xabardor, talabçan va taşabbuskor böliş; vaziyatni boşqariş könikmalari (baholaş, ijtimoiy xizmatlar taqdim etiş rejalaştiriş, xizmatlarni muvofiqlaştiriş, ijtimoiy iş yuritilişi holatini kuzatiş va qayta-körib çiqiş); özgaruvçan tizimda işlaş, doimiy kasbiy mahoratini oşirib borişga, özini ustidan işlaşga tayyorlik.
LAVOZIMIY MAJBURIYATLARI
- · Örnatilgan lavozim yöriqnomasi talablarini bajariş
IŞ ŞAROITLARI
Iş kunlari: duşanba, seşanba, çorşanba, payşanba, juma. Dam oliş kunlari: şanba, yakşanba. Iş vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gaça